Ona tili va adabiyot


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

13-variant 

1. Shuni unutmangki, kitob bolani ham aqlan, ham 

ma’nan boyitadi, uni shaxs sifatida shakllantiradi, u 

bolaning hayotdagi eng yaqin tarbiyachisi, do‘sti 

sanaladi. 

Ushbu gapdagi fe’l kesimlar haqida bildirilgan to‘g‘ri 

fikrni toping.  

A) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning 

barchasi yasama so‘z bilan ifodalangan. 

B) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning 

barchasi bir xil nisbat ma’nosini ifodalagan. 

C) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar buyruq-

istak va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalangan. 

D) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar sodda va 

murakkab fe’l kesimlar sanaladi. 

2. Ergash gap tarkibidagi so‘z tovush o’zgarishiga 

uchragan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan?  

A) Shu onda qattiq qarsak chalindi-yu, hamma 

o‘rnidan turdi.   

B) G'ulomjon shuni fahmladiki, bu joy qizlarning 

yig'iladigan makoni ekan. 

C) Samimiy aytilgan so‘z sodda bo‘ladi, chunki 

dilning hukmronligi tildan ustun bo‘ladi. 

D) Shaftoli shunchalik ko‘p hosil qiladiki, shoxlarini 

o‘stira olmay sinib ketadi. 

3. Komilaning boyagi taklifida zarracha tashqi 

nazorat sezmagach, bormoqqa rozi bo‘ldi. Yasama 

so‘zlar tarkibida til undoshlarining qaysi turi yo‘q? 

A) til o‘rta, sayoz til orqa 

B) til o‘rta, chuqur til orqa 

C) til o‘rta 

D) til undoshlarining barcha turi bor 

4. Quyidagi qaysi hirliklar imloviy jihatdan noto’g’ri 

yozilgan?  

1) “Sharq” nashriyoti-matba konserni; 2) Jahon 

tinchlik Kengashi; 3) Yozuvchilar uyushmasining 

raisi; 4) Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi.  

A) 1, 3  

В) 1, 2, 4 

C) 4 


 

D) 1, 2  

5. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga 

mansub undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. 

A) filologiya 

B) qarindosh-urug‘ 

C) tortiq 

D) baland  

6. Quyida keltirilgan gapda ma’no ko'chishining qaysi 

turi qo'llangan?  

Rost aytasiz, Maxsum aka, men axir maktabda 

ishlayman, boshlang'ich sinflar uchun «G‘uncha» 

yaxshi. 

A) metafora   

B) sinekdoxa 

C) metonimiya 

D) vazifadoshlik 

7. Yaxshi bo‘lgin, hatto dushmaning oson  

Seni deyolmasin yaramas, yomon.  

Tanburning ovozi soz chiqib tursa,  

Qulog‘in buramas sozchi hech qachon.  

She’riy parchada sonor bilan tugaydigan yopiq 

bo‘g‘inlar soni nechta? 

A) 11 tа  

B) 12 ta 

C) 13 ta 

D) 14 ta 

8. Tarkibida tor va keng lablanmagan unli 

qatnashgan so’zni aniqlang.  

A) ko’rik 

B) bilak 

C) okean 

D) ko‘krak 

9. Quyida keltirilgan qaysi parchada gap bo‘laklari 

bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bo'lakning 

fonetik o‘zgarishga uchrashi kuzatiladi? 

A) Mustaqillik! Asrayman seni kerak bo‘lsa, hayotim 

bilan. Ulug‘lagum vasfing toabad sher-u g‘azal, 

bayotim bilan! 

B) Ey mungli xotin, sen kimsan! Ey g‘amli ona, 

nechuk mungdan ayrilmaysan? 

C) Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim. 

D) Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq - mening 

o‘limim. Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdur. 

10. Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan 

Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik 

halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. Ushbu gapda 

nechta so‘z birikmalari zanjiri mavjud?  

A) 1 ta  

B) 2 ta 


C) 3 ta  

D) 4 ta  

11. Berilgan qaysi raqam(lar) dagi so'zlar urg'uning 

o'rniga ko‘ra o'zaro sinonimlik hosil qila olmaydi?  

1) yangi, hozir; 2) yangi, hozir; 3) yangi, hozir; 4) 

yangi. hozir. 

A) 1, 3, 4 

B) 2 


C) 1, 2  

D) 2, 3, 4  

12. Qaysi qatordagi yasama otlarda hosil bo‘lish 

usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar ishtirok 

etgan? 

A) tepki, qamoq, tiqin 

B) tinch, yo‘lla, zargar 

C) donolik, tiqin, kitobxon 

D) qalamdon, yoshlik, qadrdon 

13. Baxtli qiladigan ham shu, baxtsiz qiladigan ham 

shu. Yuqoridagi keltirilgan gapdagi til oldi jarangsiz 

undoshlar sonini aniqlang. 

A) 15 ta  

B) 21 ta 

C) 5 ta  

D) 11 ta 

14. Quyidagi qaysi gap tarkibida ikkita fonetik hodisa 

yuz bergan?  

A) Birovning narsasini so‘roqsiz olish gunohdir. 

B) Dam olish kuni bog‘ga ko'chat ekkani bordik. 

C) O‘zbekiston - Vatanim mening.  

D) Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz 

pasaydi. 

15. 1) Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi. 2) 

Oyna emas jimirlar, tek turmasdan qimirlar. 3) Bir 

parcha patir, olamga tatir. 4) Kulib turar misoli oftob, 

Hamrohidir chang, tor va rubob. 5) Qizdirsang ishlar, 

kiyim tekislar. 

Berilgan topishmoqlarning qaysi birida yopiq 

bo‘g‘inlar faqat jarangli undosh bilan tugagan? 

A) 1,3  

B) 3,5   

C) 1,2,4 

D) 1,2,5  




16. Fe’l yasovchi va sifat yasovchi qo'shimchalar 

ta’sirida ham asosda, ham qo'shimchada tovush 

o‘zgarishi ro‘y bergan so‘z ishtirok etgan gapni 

aniqlang. 

A) Qizcha dumaloq sharchani qo‘lida mahkam ushlab 

turardi. 

B) Qiynoqlarga tashlading meni. 

C) Inson o‘z umrining hisobli ekanligini hamisha 

kech anglaydi. 

D) Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi. 

17. To‘rt tomoni ...ujralar bilan o‘ralgan sa..n 

o‘rtasidagi sadag‘ayrag‘och sho..larida chumchuqlar 

chirqillaydi, allaqayoqlardan qaldirg'ochlar otilib 

kelib, ..ovli ichiga kirib ketadi. Ushbu gapda nechta 

so‘zda ko‘p nuqtalar o'rniga chuqur til orqa, 

sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh qo'yilishi lozim?  

A) 1   B) 2   C) 3   D) 4 

18. Berilgan qaysi so‘zlar tarkibida ikkita qo‘shimcha 

mavjud?  

1) o‘chirg‘ich; 2) o'lchagich; 3) sarg‘aytirmoq; 4) 

tirikchilik; 5) gapirmaslik; 6) shodlanmoq; 7) 

tasdiqlanmoq. 

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7  B) 1, 5, 6 

C) 1, 2, 4, 5   

D) 3, 6, 7 

19. Tartib son modal ma’noni ifodalab kelgan javobni 

toping. 

A) Men to’garakka birinchi yozilaman.  

B) Bolalarning ikkitasidan so‘rashdi, uchinchisining 

esa hech narsadan xabari yo‘q. 

C) Xonalarning ikkinchisida domlamiz o‘tirar edi. 

D) Usmonjon Umirov, birinchidan, juda yosh xodim. 

20. Tong otar chog'ida juda sog'inib, 

Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob. (G‘. G‘ulom) 

Ushbu parchadagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no 

ko‘chishining qaysi turi mavjud? 

A) metafora   

B) metonimiya 

C) vazifadoshlik 

D) sinekdoxa 

21. Rasul Hamzatov she’rlarining birida nimani 

«Jonimga Masihdir» deb e’zozlaydi?  

A) ona tilini B) ona tuprog'ini 

C) she’riyatni D) muhabbatni 

22. Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostoniga Sa’d 

haqidagi hikoyat kiritilgan?  

A) «Farhod va Shirin» 

B) «Sab’ayi sayyor» 

C) «Saddi Iskandariy» 

D) «Hayrat ul-abror»  

23. «Haqiqiy kun qachon keladi?» asari muallifi kim? 

A) V.I. Krishon 

B) N.A. Dobrolyubov 

C) M. Yusuf   

D) A.S. Pushkin 

24. Qaysi ijodkorlarning asarlarida “Ip esholmaydi” 

iborasi keltirilgan?  

A) H.K.Andersen “Bulbul” va X. To‘xtaboyev «Sariq 

devni minib»  

B) X. To‘xtaboyev «Sariq devni minib» va S. Ahmad 

«Qoplon» 

C) Tohir Malik «Shaytanat» va X. Sultonov «Yo, 

Jamshid» 

D) N. Dumbadze «Hellados» va Cho‘lpon «Kecha va 

kunduz» 

25. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini 

aniqlang.  

Alisherga alia aytib uxlatgan Sen - ona. 

Og'ushida Bobur kamolga yetgan Sen - ona. 

A) A. Muxtor; qo‘shma vazn 

B) E. Vohidov; murakkab vazn 

C) Mirtemir; qo‘shma vazn 

D) A. Oripov; sodda vazn 

26. Quyidagi ta’rif qaysi ijodkor haqida? «Bolaligida 

qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni va 

boshqa qiziqarli kasblarni egallashni orzu qilgan, 

lekin kambag‘allik tufayli hech orzu qilmagani – 

diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi». 

A) Janni Rodari 

B) Hans Kristian Andersen 

C) Nodar Dumbadze 

D) Antuan de Sent Ekzuperi 

27. Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari 

to‘g‘ri ko‘rsatilgan?  

1) «Qishloq bolalari»; 2) «Oq bayroqlar»; 3) «Quyosh 

kechasi»; 4) «Men, buvim, Iliko va Illarion»; 5) 

“Quyoshni ko’ryapman”; 6) “Abadiyat qonuni”; 7) 

“Kukaracha” 

A) 4,7  

 

B) 2, 4, 7 



C) 1, 3, 4, 6, 7  

D) 2, 4, 7  

28. Agar sen bo'lmasang guldek chamanda, 

Kishi netkay o'shal baytul hazanda. 

Ushbu baytda tagiga chizilgan so‘z mumtoz 

adabiyotda qanday ma’no anglatadi? 

A) g‘am uyi  B) olimlar uyi 

C) ishq uyi 

D) sabr uyi  

29. Haynrix Hayne qaysi asarida tepsa-tebranmas, 

yurt ravnaqi uchun biror narsa qilishga 

qodir bo‘lmagan kimsalarni majoziy yo‘l bilan tanqid 

qilgan? 

A) «Atta Troll» 

B) «Yo‘l lavhalari» 

C) «Qullar kemasi» 

D) «Germaniya. Qish ertagi» 

30. Tariqatga kirgan odam tasavvufda qanday ataladi? 

A) pir, so‘fiy   

B) darvesh, murid, pir 

C) solik, darvesh 

D) pir, murshid  

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling