O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet137/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.



1-topshiriq. Berilgan rasmlar asosida dunyo taomlari haqida suhbatlashing.

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mavzu yuzasidan suhbatlashing va savollar tuzing.

Yevropa mamlakatlari milliy pazandachiligi

Rossiya pazandachiligi o‘ziga xos va o‘zgachadir. Qadim zamonlardan beri rus xalqi nonvoychilik bilan shug‘ullangan, bug‘doy, yorma, arpa, sholidan foydalanib, har xil taomlar tayyorlangan. Yevropa va Osiyodagi ba’zi davlatlar singari xamirturush sirini ochishgan. Shuning uchun ham

rus xalqi tort, pirojniy, kulich, rastegay, oladi va boshqa ko‘plab pishiriqlarni tayyorlagan. Xamirdan chuchvara, quymoq, pirog, ugra tayyorlashadi. Belarus oshxonasida eng milliy hisoblangan mahsulot – kartoshkadir. Kartoshka belarus xalqi uchun ikkinchi nondir. Kartoshkani har xil usulda tayyorlashadi. Vengriya un mahsulotlari bilan mashhurdir. Vengriya oshxonasi asosan sabzavotlardan, go‘sht, baliq, parranda mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarga boy. Germaniya pazandachiligida nemislar asosan buzoq, parranda, baliq go‘shtidan keng foydalanadilar. Sabzavot mahsulotlarini qaynatilgan holda iste’mol qilishni xush ko‘radilar. Avstriya pazandachiligi Angliyanikiga o‘xshash. Ozgina farqi avstriyaliklar qo‘y va mol go‘shtini ko‘proq iste’mol qiladilar. Baliqdan ham turli taomlar tayyorlaydilar. Polsha taomlari Rossiya, Ukraina, Belorussiya taomlariga o‘xshaydi. Ular sabzavotli, go‘shtli, baliqli taomlardir. Italiya oshxonasi 4 so‘z bilan ifodalanadi. Makoron, sarimsoqpiyoz, zaytun yog‘i va pomidor. Bundan tashqari Italiya pazandachiligida 1000 dan ortiq xamir mahsulotlari tayyorlanadi. Italiyaning milliy taomi spagettidir. Spagettining ma’nosi «O makarone» – bu qanday yaxshi va maza degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birgalikda pitsaga alohida urug‘u berib o‘tish lozim. Chunki pitsa birinchi bo‘lib Italiyada paydo bo‘lgan va italyanlarning milliy taomlaridan biri sanaladi.

Lug‘at

xamirturush – дрожжи

mahsulot – продукты

mashhur – известный, знаменитый

milliy taomlar – национальные блюда

iste’mol qilish – употребление



Bilib oling!

Shakli o‘zgartirilib, ammo mazmuni saqlangan holda berilgan o‘zgalarning gapi o‘zlashtirma gap deyiladi



Masalan: Dildora ertaga kelishini aytdi.

O‘qituvchimiz hasharda hamma qatnashishi shartligini ta’kidladi.


1-mashq. O‘zlashtirma gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.

1. O‘qituvchimiz qanday kitob o‘qiganimni so‘radi. 2. Onam telefon qilib qachon uyga borishimni so‘radi. 3. Yo‘lovchi mashinani yo‘l chetida to‘xtatishni iltimos qildi. 4. Men darsga tayyorligimni aytdim. 5. Samolyotning ertaga uchishini telefon qilib aytdi. 6. Joyingizni menga berib turishingizni iltimos qildi.



2-mashq. Berilgan o‘zgalarning gapini o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing.

1. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur (Alisher Navoiy). 2. Insonni baxtli qiladigan narsa pul ham emas, jismoniy kuch ham emas, balki haqqoniylik va har tomonlama donolikdir (yunon faylasufi Demokrit). 3. Jahlning nihoyasi pushaymonlik bilan tugaydi (Aflotun). 4. Tili bor kishining tilsiz kishidan farqi – so‘zi, ziynati esa to‘g‘rilikdir (Arastu). 5. Beodobning yomonligi faqat o‘zigagina emas, boshqalarga ham zarar yetkazadi (Jaloliddin Rumiy).


D)Mustahkamlash
3-topshiriq. Donolar hikmatini o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.

Ahmad Donish taqdir va mehnat haqida shunday deydi:

Agar inson taqdirga ishonib mehnat qilmasa, oziq-ovqat, kiyim topish uchun intilmasa, yo‘qchilikda, kambag‘allikda yoki boylikda yashash uchun yaratilganman deb safsata sotsa, u yanglishadi. Bunday odam aqlsizdir. ... Inson foydali mehnat bilan shug‘ullanishi kerak. U o‘zining kuchi va harakati bilan kamol topadi.
3-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozing va tinish belgilaridagi o‘zgarishlarni tushuntiring.

1. «Bu qanday bino, nimaga mo‘ljallangan?» – dedi O‘ktam. 2. «Xo‘sh, sehrli qalpoqcha, meni agronom qilib qo‘y», – dedi Hoshimjon. 3. «Yo‘q, – dedi ikkinchi yo‘lovchi, – mening qarindoshlarim O‘zbekistonda yashaydi». 4. «Bugun hamma ishlarimni bajarishga ulgurdim», – dedi Aziz. 5. Navoiy: «To‘g‘ri bo‘lsang o‘sib borib gul bo‘lasan, egri bo‘lsang o‘sib borib kul bo‘lasan», – degan.


F)Baholash
Uyga vazifa.

O‘z xalqingizning milliy taomlaridan biri haqida yozib keling.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling