O’quv mashqi bo’yicha “Uchqo’rg’on-yog’” Ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi fuqaro muhofazasi boshlig’ining buyrug’I


“Uchqo’rg’on-yog’” OAJ boshqaruvi raisi –


Download 118.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.11.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1795620
1   2   3
Bog'liq
Taktik-maxsus o’quv mashqi jarayonida qabul qilinadigan asosiy buyruqlar loyihasi

“Uchqo’rg’on-yog’” OAJ boshqaruvi raisi –
fuqaro muhofazasi boshlig’i
S. Xakimov
O’quv mashqi bo’yicha
“Uchqo’rg’on-yog’” Ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi -
fuqaro muhofazasi boshlig’ining
BUYRUG’I
“__” _____ 2023- yil
__ - sonli
Uchqo’rg’on sh.
Jamiyatning boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini
“Favqulodda vaziyat rejimi”ga o’tkazish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil
5 yanvardagi 2-sonli va 2023 yil 17 апрелдаги 171-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan
Nizomlarga asoslangan holda, shuningdek, Uchqo’rg’on tuman hokimi-fuqaro
muhofazasi boshlig’ining 2023 yil “__” ______ dagi (“O’quv mashqi bo’yicha”) __ -
sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlarni o’rab olish
(lokalizatsiya qilish) va ularning oqibatlarini bartaraf etish, ikkilamchi favqulodda
vaziyatlarning oldini olish maqsadida,
B U Y U R A M A N :
1. Jamiyatning boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi kuchlari joriy yilning
“__” _____ kuni soat __:__ dan boshlab, alohida ko’rsatma bo’lgunga qadar
“Favqulodda vaziyat rejimi”ga o’tkazilsin.


2. Jamiyatning Bosh muhandisi (X.Nuritdinov) rahbarligida, oldin tashkil etilgan

tezkor Shtab” hozirdan boshlab, “Favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi”ga
aylantirilsin.
3.
Favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabiga (X.Nuritdinov):
zudlik bilan jamiyatning fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etishga jalb qilishga qaratilgan buyruq loyihasini tayyorlab, jamiyat fuqaro
muhofazasi boshlig’iga axborot berish;
yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo’yicha tuman va jamiyatda
tuzilgan shtablar o’rtasida muntazam ravishda ma’lumot almashinuvini tashkil etish;
favqulodda vaziyatning ko’lamini aniqlash, uni lokalizatsiya qilish (o’rab olish),
bartaraf etish, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan jamiyat
fuqaro muhofazasi boshlig’iga taklif kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Aloqa bo’limi (I.Axmedov) “Favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi”
kerakli aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq tegishli ijrochilarga yetkazilsin.
6. Ushbu buyruq nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.



Download 118.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling