O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari


Download 212.31 Kb.
bet16/53
Sana24.12.2022
Hajmi212.31 Kb.
#1051881
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН

Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQShda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asr 60-yillarining o‘rtalarida 4,5% deb belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o‘sdi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan o‘rnatilgan normativdan yuqori darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindosh ishlarda band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.



Download 212.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling