O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi. Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish


Download 0.69 Mb.
bet30/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

5.3. Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi. Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish
Korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyagi natijasida jarima va hisob-kitob schyotiga xato kelib tushgan pul yoki hisobdan chiqarilganligi natijasida bir tomonning ikkinchi bir tomonga da’vosi bo‘yicha hisob-kitoblar kelib chiqishi mumkin. 6810»Da’volar yO‘zasidan hisob-kitoblar» schyoti hisob-kitobning ushbu turini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schyotning debeti bo‘yicha korxona tomonidan hisobdan chiqarilgan yoki sarflangan, lekin quyidagi schyotlarning krediti bilan korrespondensiyada bo‘lib qoplanadigan summa aks ettiriladi: 6010-»Mol yetqazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti mol yetqazib beruvchilar, pudratchilar va transport tashkilotlariga nisbatan da’vo summalari ushbu summalar ularning schetini tekshirish natijasida shartnomada ko‘rsatilgan sifat, son va tariflarga mos kelmasligi, arifmetik xatoliklarga yul ko‘yilganligini aniqlash orqali kelib chiqadi; 9430-»Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti to‘lovchi tomonidan tan olingan yoki Oliy Xo‘jalik sudi tomonidan buyurilgan xajmda mol yetqazib beruvchining aybi bilan bo‘sh turib qolishlar uchun ko‘rsatilgan da’vo summasi; 2610-»Ishlab chiqlrishdagi yaroqsizlik» schyoti to‘lovchi tomonidan tan olingan yoki Oliy Xo‘jalik sudining qarorida ko‘rsatilgan xajmda mol yetqazib beruvchining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan brak uchun ko‘rsatilgan da’vo so‘mmmasi; 5110-»Hisob-kitob scheti» schyoti hisob-kitob schyotidan noto‘g‘ri (xato) hisobdan chiqarilgan (yoki hisob-kitob schyotiga noto‘g‘ri kelib tushgan) summalar uchun bank idoralariga ko‘rsatilgan da’volar; 9900-»Yakuniy moliyaviy natija» schyoti to‘lovchi tomonidan tan olingan yoki Oliy xo‘jalik sudining qarorida ko‘rsatilgan xajmda shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mol yetqazib beruvchi va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilgan jarima, penya summalari.
To‘lovlar pul mablag‘lari schyotiga kelib tushganda 6860»Da’volar yuzasidan hisob-kitoblar» schyotining krediti korrespondensiyada bo‘ladi. «Da’volar yuzasidan hisob-kitoblar» schyotining sintetik hisob 8-jurnal-orderda, analitik hisob esa 7-vedomostda har bir debitor va aloxida da’volar bo‘yicha yuritiladi.
Har xil debitor va kreditorlarga notijorat harakteridagi operatsiyalarni olib boruvchi tashkilotlar (oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar); ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar olib boriladigan transport (temir yo‘l va suv) tashkilotlari; tashkilot va shaxslar deponentlari, ijro hujjatlari asosida ushlab qolishlar, noturar joylarni ijaraga oluvchilar va xokazolar kiradi. Ijro hujjatlari yoki sud organlarining qaroriga muvofiq, turli tashkilotlar va alohida shaxslarning foydasiga ish haqi quyidagicha provodka bilan aks ettiriladi:
Dt 6710-»Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti.
Kt 4790-»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyoti.
Ularga pul o‘tkazilganda yoki to‘langanda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi:
Dt 4790-»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyoti.
Kt 5110-»Hisob-kitob schyoti» yoki «Kassa schyoti».
Undirib olinishi gumon bo‘lgan debitorlik qarzlari korxona raxbariyatining qaroriga muvofiq dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisoblangan yoki bunday rezerv tashkil etilmagan bo‘lsa, ushbu qarzlarning korxona zararini ko‘paytirish hisobga (eski sof foyda hisobdan qoplash) hisobdan chiqariladi. Da’vo qilish muddati tugagan barcha kreditorlik qarzlari Xo‘jalik faoliyati natijalariga, ya’ni foydaga olib borilishi lozim.
Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisob 8-jurnal-orderda, analitik hisob esa har bir debitor va kreditor doirasida 7-vedomostda yuritiladi. Buning uchun vedomostda chorak, yarim yil va yil mobaynida bo‘lishi mumkin bo‘lgan operatsiyalardan kelib chiqqan holda har bir debitor va kreditorlarga mo‘ljallangan qator ajratiladi. Bu vedomostga yozuvlar dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari asosida yoziladi. Ular oborot vedomosti prinsipiga asoslangan bo‘lib, kreditli oborotlar tegishli schyotlarning debeti bilan korrespondensiyalanadi. Oy oxirida har bir debitor va kreditor bo‘yicha hamda hamma debitor va kreditorlar bo‘yicha yakun aniqlanadi. Oy davomidagi kreditli oborotlar 8-jurnal-orderga ko‘chirib yoziladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling