Orfografiya va axborot kommunikatsion texnologiyalar


Download 58.75 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi58.75 Kb.
#261242
Bog'liq
orfografiyaa


Orfografiya va axborot kommunikatsion texnologiyalar

REJA:

So’zlаrni аdаbiy til mе’yorlаri аsоsidа to’g’ri yozish – sаvоdхоnlik mаdаniylikning muhim bеlgilаridаndir. Sаvоdхоn bo’lmоq uchun imlо qоidаlаrini bilish shаrtdir.


 

  • Orfografiya - muayan til yozuv sistemasining to’g’ri yozish me’yorlarini belgilaydigan imlo qoidalari. Tilshunoslikning imlo qoidalari xususida bahs yurituvchi bo’limi ham orfografiya deyiladi.
  • Orfogramma - so’zning yoki so’z formasining imlo qoidasiga mos ravishda yozilgan shakli.
  • Orfografiya prinsiplari - imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo’lgan tamoyillar: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik yoki fonematik-morfologik prinsip, grafik prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip, shakliy- an’anaviy yozuv prinsipi, semantik-uslubiy prinsip kabi.

Tayanch tushunchalar:


А D А B I YO T L А R

  • Bеgmаtоv E., Ismаtullаyеv N. O’zbеk imlоsi. Tоshkеnt, 1979. 15-16-b.
  • Rаhmаtullаyеv SH. Оrfоgrаfiya qоidаlаri – sаvоdхоnligimiz аsоsi. Tоshkеnt, 1980.
  • Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining yangi аlifbоsi vа imlоsi. Tоshkеnt, 1999.
  • Охunоv N. Imlо tаmоyillаri vа jоy nоmlаrining yozilishi. Tilshunоslikning dоlzаrb mаsаlаlаri. Nutq mаdаniyati muаmmоlаri (Rеspublikа kоnfеrеnsiyasi mаtеriаllаri). Tеrmiz, 2004, 150-152-bеtlаr.

Orfografiya (grek. Orthos- "to'g'ri" + grapho- "yozaman") yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bolib, u to'g'ri yozish me'yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma'lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi.

Orfografiya prinsiplari orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bolgan tamoyillar. Ularning quyidagi turlari bor:

1.Fonetik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga kora soz yoki soz shakllari talaffuzdagi korinishiga mos ravishda yoziladi.

2.Fonematik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga kora harflar (yoki grafemalar) soz tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanadi. Chunonchi, kitob, omad sozlarining oxiridagi "b" va "d" fonemalari jarangsiz "p" (kitop) va jarangsiz "t" (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda "b" (kitob) va "d" (omad) harflari bilan yoziladi.

3.Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari sozning manoli qismlarini (ozak va affiksal morfemalarni), ular qanday talaffuz qilinishidan qati nazar, asliga (tipik shakliga) mos ravishda yozishni talab qiladi. 4.Grafik prinsip. Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika qoidalarini belgilaydigrafemalarning grafikada kodlashtirilgan fonemalarini ifodalashga asoslanadi,shunga ko’ra u, ba’zan, fonemografik prinsip deb ham nomlanadi. 5.Tarixiy-ananaviy prinsip. Bu prinsipga asoslangan imlo qoidalari sozlarning yoki soz shakllarining qadimdan odat bolib qolgan formada yoki ananaga mos shaklda yozilishini hozirgi imlo uchun meyor tarzida belgilaydi.

6.Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip). Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga kora, shakli bir xil bolgan sozlar (omonimlar) yozuvda signalizatorlar (ishora belgilari), diakritik belgilar vositasida yoki bir harf ornida boshqa harf ishlatish orqali farqlanadi. 7.Shakliy-ananaviy yozuv. Bu prinsip soz boshida yoki oxirida ikki undosh qatorlashib kelgan leksik birliklarning imlosini qoidalashtirishga asos boladi. 8.Semantik-uslubiy prinsip: a) semantik prinsip soz yoki soz shakllarining imlosini ularning manolariga tayanib belgilaydi.

Imlo qoidalari


1956-yil

1995- yil

1. Ayrim harflar imlosi (1-30-§ qoidalari)

1.Harflar imlosi:

Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).

Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).

2. O’zak-negiz va qo’shimchalar imlosi (31-55-§ qoidalari).

2.Asos va qo’shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).

3. Qo’shma so’z va so’z birikmalari imlosi (56-58-§ qoidalari).

3.Qo’shib yozish (38-50-qoidalar)

4. Bo’g’in ko’chirilishi (59-62-§ qoidalari).

4.Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar).

1956-yil

1995- yil

5. Bosh harflarning yozilishi (63-72-§ qoidalari).

5.Ajratib yozish (57-65-qoidalar)

6 Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).

7.Ko’chirish qoidalari (75-82-qoidalar)

Download 58.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling