O`rta asrlar Harbiy san`ati Turk xoqonligi davrida harbiy ish. Mo’g’illarning harbiy sohasini o’ziga hos xususiyatlari


Og‘ir qurollangan sovutli (zirhli) otliqlar


Download 44.41 Kb.
bet2/9
Sana29.03.2023
Hajmi44.41 Kb.
#1308751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ўрта асрлар ҳарбий санъати

1. Og‘ir qurollangan sovutli (zirhli) otliqlar;
2. Engil qurollangan jangchilar.
Engil qurollangan qo‘shin asasan otliq kamondozlardan iborat bo‘lgan. Bunday qo‘shin tarqoq jang qilish taktikasini qo‘llagan. Dushmanga ma’lum masofada turib birdaniga o‘q yog‘dirishgan. YOzma manbalarda aytilishicha turklar otda turub kamondan o‘q uzishlarini alohida ta’kidlab o‘tishgan. Arab, fors, yunon va boshqa tillardagi manbalarda ham turklarning jangovor qo‘shini odatda otliqlardan iborat bo‘lganligini takidlab o‘tishadi.
Hoqonlikning g‘arbiy qanotida qo‘shin ikkita qanotdan iborat “O‘n o‘q” tizimidan tashkil topgan. O‘n o‘q qabilalari itifoqi har biri 5 ta qabiladan iborat sharqiy va g‘arbiy ittifoqqa bo‘lingan. SHarqiy qism 5 ta qabiladan iborat Dulu ittifoqi deb yuritilgan va ularga beshta “cho‘r” boshchilik qilgan. G‘arbiy qism esa Nushibi qabillar ittifoqi bo‘lib, ularni beshta “erkin” boshqargan. SHarqiy yoki markaziy xoqonlikda esa qo‘shin sharqiy qism to‘las va g‘arbiy qism – tardush qanotlardan iborat bo‘lgan. Bitiktoshlarda uchraydigan “O‘n o‘q” atamasi har biri 10 mingdan jangchi etkazib beruvchi 10 ta turk urug‘u mavjudligini anglatadi. Arab manbalarida yozilishicha xoqon xuzurida 10 nafar qo‘lida bayroq (tug‘) ko‘targan otliq jangchi, ularning har biri 10 mingdan jangchini tug‘ bayrog‘i ostida turishi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Xoqonlikni asosiy qo‘shini turk urug‘laridan iborat bo‘lgan. Turk xoqonligida barcha erkaklar harbiy xizmatni bajarishgan. Xitoy ma’lumotlariga qaraganda turk o‘g‘loni uchun jangda xalok bo‘lish sharaf bo‘lgan. Kasallik tufayli vafot etish esa uyat hisoblangan.
Xoqonning shaxsiy qo‘riqchilari xitoy yilnomalarida “fulu” yani bo‘ri deb atalagan. Turklarning bayrog‘iga ham bo‘rining boshi kiydirilib, bayroq xoqonning o‘rda qarorgohi tepasiga ilib qo‘yishgan. Bundan o‘zlarini kelib chiqishlarini unutmaganliklarini bildirib turadi. Bundan tashqari xoqonlik qo‘shini tarkibida harbiy jangchilardan tashqari ziroatkor shaxar aholisidan tuzulgan yordamchi piyoda va otliq otryadlar ham mavjud bo‘lgan. G‘arbiy xoqonlik asosan otliq jangchilardan tashkil topgan bo‘lsada, janglarda tuyalardan ham foydalanishgan. Xitoy rohibi Syuan Szan (629-645) turk xoqoni xuzurida bo‘lgan paytda qo‘shinlarning bir qismi otda, yana bir qismi tuyada ekanligiga guvoh bo‘lgan.
SHuningdek turkshunos Gumilevning bergan ma’lumotlarida turklar va sosoniylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Hirot yaqinidagi jangda xoqonlik qo‘shini tarkibida jangovor fillar otryadi bo‘lganligini aytib o‘tadi.
Xoqonlik qo‘shini soni to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Xitoy manbalarida 500, 2000, 10000, 100000, 1 000000 gacha bo‘lganligi xaqida ta’kidlab o‘tishadi.
N.YA. Bichurin ma’lumotlariga qaraganda hoqonlikning g‘arbiy qanoti 100 ming jangchi bo‘lganligi haqida takidlaydi. Jumladan Istemi boshchiligida g‘arbiy o‘lkalarga, eftalilarga qarshi yuborilgan qo‘shinning soni 100 ming dan kam bo‘lmaganligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Turk xoqonligida qo‘shinini o‘nlik va ikkilik tartibida bo‘lishga rioya qilingan. Aniqrog‘i birinchi otryad 10, 100, 10000, va 100000 jangchidan iborat bo‘lib ular o‘z navbatida ikkita qanotga bo‘lingan hamda 5, 50, va 50000 kishidan tashkil topgan. Bunday otryadlardan iborat butun armiya to‘las va tardush yoki dulu va nushubi deb nomlanuvchi ikki qanotga ajratilgan. Bu bo‘linmalar boshida jabg‘u, kichikroq otryadlar tepasida tegin eltabar turgan.

Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling