Internet saytlar:
http://www.ziyonet.uz
http://www.referat.uz 3.http//www.bilim.uz/
https://glutenfreemama.ru/uz/kak-prigotovit-vostochnye-sladosti-iz-
https://heaclub.ru/uz/recepty-vostochnyh-sladostej-domashnyaya-halva-lukum-pahlava-
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qandolatchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
41010501- UMUMIY OVQATLANISH XIZMATLARINI TASHKIL ETISH
UN MAHSULOTLARI QANDOLATCHILIK TEXNOLOGIYASI
FANIDAN
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
5.Sharq shirinliklari va un
mahsulotlarini tayyorlash va pishirish qandolatchisi.
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.5.2
|
Ajratilgan soat:
|
86
|
Toshkent - 2023
O‘quv dasturi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2023 yil “9”avgustdagi 8 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2023-yil 25-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29 -avgustdagi 438-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
Tuzuvchilar:
|
Ustababayeva Xafiza
Artikovna
|
Professional ta’limni rivojlantirish
institutining bosh mutaxassisi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti
texnikumi metodik bo‘limi boshlig‘i.
|
|
Salyamova Barno Shomaksudovna
Ibragimova Sabohat Tursunovna
Abdullayyeva Muazzam Abdusalomovna
|
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi maxsus fan o’qituvchisi
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi maxsus fan o’qituvchisi.
Toshkent turizm va biznes kolleji
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor
o’rinbosari
|
.
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Un mahsulotlari qandolatchilik texnologiyasi
|
Ajratilgan soat
|
86
|
Mavzular soni
|
20
|
Dasturning maqsadi
|
“Un mahsulotlari qandolatchilik texnologiyasi” fani “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish“ kasb mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fannning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotida qandolatchilik mahsulotlarning assortimenti takomillashtirish, sifatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishda sharq shirinliklari va un mahsulotlarining kimyoviy tarkibi qandolatchilik mahsulotlarning to‘yimliligini puxta o‘rganish va “Un mahsulotlari qandolatchilik texnologiyasi” fanining asosiy jarayonlarini va tayyorlash qoidalarini, jarayonlarini atroflicha o‘rganib, har bir qandolatchilik mahsulotlarini xom-ashyo tarkibini va tayyorlash texnologiyasi bosqichlari asosida tegishli ko‘rsatmalar
berish, kasbiy fazilatlar shakllantirishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
ish o‘rinlarida xavfsizligini ta’minlash (mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari);
ish o‘rinlarida umumiy va shaxsiy sanitariya gigiyena qoidalari
ta’minlash;
texnologik jihozlar va asbob uskunalarni jarayonga tayyorlash va foydalanish;
qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash ishlarida ishlatiladigan xom-ashyo mahsulotlarni tanlash;
xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish;
xom-ashyo mahsulotlaridan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash;
achitqili , achitqisiz va achitqili qatlangan xamirlarni tayyorlay olish
;
-biskvitli,qaynoq suvga qorilgan,xavol,bodom va yong‘oqli oqli,qumoq,qatlangan,uvoqlardan xamirlarni tayyorlash va ulardan tort,pirojniylar tayyorlay olish;
-milliy qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlay olish;
|
Bilimlar
|
qandolatchilik texnologiyasi haqida asosiy ma’lumotlarni
bilish;
qandolat mahsulotlarini tayyorlash jarayonida ish joyini ratsional tashkil etishni;
turli mexanik, issiqlik va sovutish texnologik jihozlarni jarayonga hozirlashni ;
xamir qorishda ishlatiladigan jihozlar turlaridan ( un yelash mashinasi, xamir qorish mashinasi, xamir yoyish mashinasidan foydalanishni;
umumiy ovqatlanish korxonalarida qandolatchini mehnatini tashkil etish. xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi choralar ko‘rishni;
ishlov beruvchi asboblari, o‘lchov tarozilari va asbob- uskunalari, maxsus universal moslamalar yordamida qandolatchilik mahsulotlari turlariga qarab, xom-ashyo va mahsulotlarga dastlabki ishlov berish, ulardan yarim tayyor
|
|
va tayyor mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasini;
xom -ashyo mahsulotlarni qabul qilish, tortish va sifatini tekshirish, xamir qorish va uni ko‘pirtirish usullari texnologiyasini;
unli qandolatchilik mahsulotlar tayyorlash uchun turli xamirlarni tayyorlashni bilish;
unli qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash texnologiyasini;
pirojniy va tortlarni bezatish uchun yarim fabrikatlar tayyorlash texnologiyasini;
tort va pirojniylarni tayyorlash texnologiyasini ,bezatish va saqlashni;
milliy qandolatpazlik mahsulotlarini tayyorlashni;
xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar sifati nazorati. yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni tashish, saqlash va qadoqlash;
qandolat mahsulotlarini tayyorlashda texnologik yo‘riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to‘g‘ri foydalana olishni;
qandolat mahsulotlarini tayyorlash jarayonida sanitariya- gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishni.
|
Ko‘nikmalar
|
maxsus qandolatchilik sexida ish joyini to‘g‘ri tashkil etish; texnologik jihoz va asbob uskunalarni soz holatga keltirish;
ishlov beruvchi asboblari, o‘lchov tarozilari va asbob- uskunalari, maxsus va universal moslamalari yordamida qandolatchilik mahsulotlarini turlariga qarab xom-ashyo mahsulotlarga un, yog‘, tuxum, shakar, sut, xamirturush va boshqa mahsulotlarga dastlabki ishlov berish;
xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilish, tortish va sifatini tekshirish;
xamir qorish jarayoni usullarini qo‘llash;
undan tayyorlanadigan qandolatchilik mahsulotlari uchun yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash;
xamir ko‘pchitgichlarni texnologik jarayon uchun tayyorlash;
pagir tayyorlash; pagirli usulda xamir qorish .pagirsiz usulda xamir qorish ;
achitqili qatlangan xamirlarni tayyorlash ;
biskvitli xamirni tayyorlash va undan tayorlangan pirojniy va tortlarni bezatish. ularni saqlash jarayonida sanitariya-
gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;
qaynoq suvga qorilgan xamirni tayyorlash, undan pirojniylarni tayyorlash, bezatish.
xavol xamirni tayyorlash, undan pirojniylar tayyorlash va bezatish.
bodom va yong‘oqli oqli xamirni tayyorlash va ulardan
pirojniy tayyorlash va bezatish.
qumoq va qatlangan xamirni tayyorlash, undan pirojniy tayyorlash, bezatish;
uvoqlardan xamir tayyorlash va desert pirojniylarni tayyorlash va bezatish;
milliy qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlashda
|
|
ishlatiladigan usullar. sifatiga qo‘yiladigan talablar. tayyor mahsulotlarining yuzasiga bezak berish;
- qandolat mahsulotlarini tayyorlashda ishchilarning shaxsiy
gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar ,ish joyida maxsus
kiyimlarni kiyish, tibbiy xulosa daftarchasi mavjud bo‘lishi va ish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |