O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
41010501- UMUMIY OVQATLANISH XIZMATLARINI TASHKIL ETISH
DIPLOM OLDI AMALIYOTIDAN
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
5.Sharq shirinliklari va un
mahsulotlarini tayyorlash va pishirish qandolatchisi
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.5.5.
|
Ajratilgan soat:
|
132
|
Toshkent 2023
O‘quv dasturi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2023 yil “9”avgustdagi 8 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2023-yil 25-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29 -avgustdagi 438-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
Tuzuvchilar:
|
Ustababayeva Xafiza
Artikovna
|
Professional ta’limni rivojlantirish
institutining bosh mutaxassisi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti
texnikumi metodik bo‘limi boshlig‘i.
|
|
Salyamova Barno Shomaksudovna
Ibragimova Sabohat Tursunovna
Abdullayyeva Muazzam Abdusalomovna
|
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi maxsus fan o’qituvchisi
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi maxsus fan o’qituvchisi.
Toshkent turizm va biznes kolleji
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor
o’rinbosari
|
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Diplom oldi “amaliyoti
|
Ajratilgan soat
|
132
|
Mavzular soni
|
15
|
Dasturning maqsadi .
|
«Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlash” diplom oldi amaliyoti Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish » kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini texnologiyasi asosida qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida o‘rgatadi. Davlat standartiga ko‘ra Sharq shirinliklari va un mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va mahsulot sifatida iste’mol qilishga yaroqligini, istemolchining salomatligi uchun xavfsiz, mazali qandolatchilik mahsulotlarini mustaqil tayyorlashni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek dastur turli Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlashda texnologik jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik jarayoniga ish o‘rnini tayyorlash; qandolatchilik mahsulotlari uchun xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish.Turli sharq shirinliklarini tayyorlay olish.Turli un qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlashda;turli xamirlarni tayyorlash va ulardan mahsulotlarini tayyorlash va pishirib tayyorlashda bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish orqali shakllantirish. Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlashda texnologik yo‘riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to‘g‘ri foydalana olish. Turli Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlash ,tarqatish va saqlash haqidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari.
|
Yo‘riqnomalar va xom-ashyo hisobiga asoslanib yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda xom-ashyolar ni,texnologik jihozlar va asbob- uskunalarni,ish joyini jarayonga tayyorlaydilar. Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini bir biridan farqlay oladilar. Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan xom-ashyolarga ishlov bera oladilar. Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini retsepturasi asosida tayyorlay oladilar. Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini bezashni va tarqatish qoidalariga rioya qilishni biladilar. Shuningdek texnologik yo‘riqnomalardan foydalana oladilar. Taom tayyorlashda ish joyida sanitariya-gigiyena qoidalariga va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya
qiladilar.;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |