Masalan: «Mumkin» navbatda turish, ovqatni gaplashmasdan
yeyish, o‘zidan keyin idishlarni yig‘ishtirish.
«Mumkin emas» ovqatni to‘kib yeyish, qo‘lni yuvmaslik, og‘izda
ovqat bilan gaplashish.
6. Darslik bilan ishlash: 3-mashq. Oshxona qoidalari bo‘yicha
savollarga javob bering. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini
qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
A. Oshxonada nimalarga e’tibor berish kerak?
B. Taom olish uchun ... turish kerak.
D. Taomni ... yeyish lozim.
E. Ovqatlanib bo‘lgach ... yig‘ishtiring.
D. Ovqatlanish paytida ko‘p ... .
Foydalanish uchun so‘zlar: to‘kmasdan, gapirmang, nav-
batga, idishlarni.
1-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Bu o‘zbek milliy taomlari oshxonasi. Oshxonada doimo odam
ko‘p. Nonushtaga issiq somsa yoki pishloq olish mumkin. Bu yerda
go‘shtli, kartoshkali, qovoqli somsalar ham bor. Ularning hamma-
si mazali. Oshpazlar osh damlaydilar. Qo‘rada kabob pishiradilar.
Oshxonada moxora, sho‘rva, mastava, moshxo‘rda kabi suyuq
taomlar, palov, manti kabi quyuq taomlar ham bor. Bu yerda ham-
ma taomlar mazali tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |