V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 3-topshiriq. She’rni yod olish.
6-dars. KO‘CHAMIZ
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:
o‘quvchilarning nutqiy va grammatik mavzu haqi-
dagi bilimlarini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, o‘z
burch va huquqlarini bilish, kirishimlilik, mulkni asrab-avaylash
tuyg‘ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga
amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; – o‘z fikrini og‘zaki
va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, husnixat bilan
yozish ko‘nikmasini rivojlantirish, lug‘at boyligini boyitish.
Dars turi: mustahkamlash.
Dars metodi: interfaol metod, aqliy hujum, suhbat.
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, didaktik tarqatma materiallar, rangli
tarqatma rasmlar, multimedia vositalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |