Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

Interaktiv mashq.
Ovoz orqali quyidagi topshiriq o‘qiladi: Qiz bolalar 
familiyasining birinchi harfiga qarab alifbo tartibida yozing.
Ilhomova, Lazizova, Yo‘ldoshev, G‘ulomova, Kamolova
Murodov, Olimov, Tohirova, Samadov.
III. Yangi mavzuning bayoni. Slayd. O‘qituvchi slayd asosida 
o‘quvchilar bilan birgalikda so‘zlarga savol berib javobini o‘qiydi. 
O‘rin-joy va harakat yo‘nalishini bildirgan so‘zlarni farqlang!
Qayerda ?
Uyda (o‘tirmoq)
Hovlida (ishlamoq)
Hammomda (cho‘milmoq)
Devorda (ko‘rmoq)
Gulzorda (uchrashmoq)
Oshxonada (ovqatlanmoq)
Ayvonda (o‘tirmoq)
Qayerga ?
Uyga (bormoq)
Hammomga (tushmoq)
Gulzorga (kirmoq)
Oshxonaga (kirmoq)
Ayvonga (chiqmoq)
Hovliga (chiqmoq)
Devorga (osmoq)
Video: Bir oilaga tegishli bo‘lgan uy tasviri ekranda paydo bo‘ladi. 
Tasvirda hovli, ayvon, yotoqxona, hojatxona, zina, tom, devor, gul-
zor, hammom, oshxona, bolalar xonasi, yo‘lak ko‘rsatib o‘tiladi. 
Video asosida 1-topshiriq bajariladi. Zanjir usulida o‘qitiladi. Matn 
asosida o‘quvchilar o‘z uylari haqida so‘zlab beradilar. O‘quvchilarga 
quyidagi savollarni berish orqali nutqiy mavzu mustahkamlanadi: 
Uyingiz qaysi ko‘chada joylashgan bilasizmi?
Sizning uyingiz qanday?
Uyingizda nechta xona bor?
Sizning xonangizda nimalar bor? Tasvirlab bering.
Uyingiz doim ozoda bo‘lishi uchun nimalar qilasiz?
Shu jarayonda 1-mashq bajariladi. Rasm asosida berilgan savol-
larga javob beradilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling