«Fikr charxi» o‘yini. O‘quvchilarga yaxshi ko‘rib o‘qigan yoki
eshit
gan ertaklari haqida qisqacha ma’lumot yozish topshirig‘i
beriladi. O‘quvchilar quyidagi jadvalni to‘ldiradilar. Har bir o‘quvchi
o‘zining yozganini o‘qib beradi.
Ertakning nomi-
Ertak qahramonlari-
Mazmuni, nima haqida ekanligi -
V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 3-topshiriqdagi matnga savollar tuzish.
14-dars. KITOB
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: «Kitob» mavzusidagi tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qilishni, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi
so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuzishni, -gan qo‘shimchasining birlik
sonda tuslanishini o‘rgatish, nutqiy mavzu bo‘yicha bilimlarini
mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy
me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, shaxsiy rejala-
rini tuzish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro muloqotda
muomala madaniyatiga amal qilish kabi sifatlarni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |