«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

10-mashq.
  Muhammad Yusufning «Ona tilim» she’ridan olingan 
par chani  yodlang.  «Topganimiz handalakdek tilim-tilim
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!» satrlari haqida 
fikrlashing.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!
Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar,
Bahongni-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!
Bir qarasam, har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas ona tilim!


14
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olin-
gan 
kechirim
 so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no 
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling