Mulohazalar mantig‘i mulohazalarining ichki tuzilishini o‘rganishdan chetlashib, ularning o‘zaro mantiqiy aloqasini hisobga olgan holda muhokama etish jarayonini tahlil qiladigan formallashgan mantiqiy tizimdir. Mulohazalar mantig‘i tili alifbosi ifodalar ta’riflarini va ularning talqin qilinishini o‘z ichiga oladi. Xususan, bu til alifbosi quyidagilardan tashkil topgan:
1. r, q, r – propozitsional o‘zgaruvchilar, ya’ni mulohazalar uchun simvollar.
2. Ù – kon’yunksiya belgisi; u o‘zbek tilidagi «va», «ham», «hamda» kabi bog‘lovchilarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ma’ruza tugadi (r) va uning muhokamasi boshlandi (q)», degan mulohazani pÙq shaklida ifoda qilish mumkin.
3. Ú– dizyunksiya belgisi; u o‘zbek tilida «yo», «yoki», «yoxud» kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Elektr toki yo o‘zgaruvchan (r), yo o‘zgarmas bo‘ladi (q)», degan mulohaza pÚq shaklida yoziladi.
4. → – implikatsiya belgisi; unga o‘zbek tilida «Agar... bo‘lsa,... bo‘ladi», degan ifoda to‘g‘ri keladi. Masalan, «Agar talaba mustaqil ishlasa (r), o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtiradi (q)», degan mulohaza p→q shaklida yoziladi.
5. º – ekvivalentlik belgisi; unga o‘zbek tilida «Faqat va faqat shundaki...», degan ibora to‘g‘ri keladi. Masalan, «Faqat juft sonlargina (r) ikki ga qoldiqsiz bo‘linadi (q)», degan mulohaza rq tarzida yoziladi.
6. ù – inkor qilish belgisi. Masalan, «Ahmedov Anvar talabadir» (r) degan mulohaza inkor qilinganda «Ahmedov Anvar talaba emas» r mulohazaiga aylanadi, ya’ni r o‘zining inkori bo‘lgan r ga o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |