O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Oddiy mulohazalar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga


Download 1.78 Mb.
bet51/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Oddiy mulohazalar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra, tasdiq va inkor mulohazalar farqlanadi. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq mulohazalarda belgining predmetga xosligi, inkor mulohazalarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «Mantiq falsafiy fandir» – tasdiq mulohaza, «Matematika ijtimoiy fan emas» – inkor mulohaza. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juz’iy mulohazalarga bo‘linadi. Bunda subyektda ifodalangan predmetlarning sonidan, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.

Yakka mulohazalarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: “O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir”, “Ahmedov tarixchi emas”.

Umumiy mulohazalarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, «Har bir inson baxtli bo‘lishni xohlaydi» va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».

Juz’iy mulohazalarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan, «Ba’zi yoshlar tadbirkor», «Ayrim talabalar dangasa emas». Juz’iy mulohazalarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi», degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan mulohaza chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, umumiy mulohazalar biron-bir konkret holatning mavjudligini shartlamaydi, juz’iy mulohazalar esa shartlaydi.7

Ma’lum ma’noda yakka mulohazalarni umumiy mulohazalar bilan tenglashtirish mumkin. Chunki har ikki mulohazada ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. Yakka mulohazalarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi.

Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling