O’zbekiston respublikasi axborot va kommunikatsion texnolgiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mavzu: Mantiqiy elementlar va ularning turlari Bajardi


Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristkalari


Download 40.58 Kb.
bet3/8
Sana10.11.2023
Hajmi40.58 Kb.
#1762619
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi axborot va kommunikatsion texnolgiyalar-fayllar.org

Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristkalari.
Mantiqiy elementning asosiy xarakteristkasi uning uzatish xarakteristkasi hisoblanadi.Chiqish kuchlanishining kirishlardan biridagi kuchlanishga bog‟liqligiga uzatish xarakteristkasi deyiladi.Bunda qolgan kirishlardagi kuchlanish o‟zgarmas bo‟lishi kerak.
Mantiqiy elementning turiga qarab, uzatish xarakteristkasining ko‟rinishi ham turlicha bo‟ladi. MElar invertirlovchi va invertirlamaydigan MElarga bo‟linadi. Invertirlovchi MEning chiqishida kirish signaliga nisbatan invers (teskari) signal olinadi. Masalan: «EMAS», «VA-EMAS», «YoKI - EMAS» amallarini bajaruvchi MElar invertirlovchi MElarga kiradi. Invertirlanmaydigan MEning chiqishida kirish signaliga mos (to‟g‟ri) signal olinadi.Masalan: «VA», «YOKI» MElari invertirlamaydigan MElar hisoblanadi.
    1. Mantiqiy elementlar asosida turli qurilmalarni loyihalash.


Raqamli hisoblash texnikasining asosiy qurilmalaridan biri – summatordir. Bir razryadli ikkilik sonlarni qo'shish uchun qo'llaniladigan «Yarim summator» sxemasini loyihalash jarayonini ko'rib chiqamiz:


Berilgan “a” hamda “b” bir razryadli ikkilik sonlarni qo'shish natijasida “s” - yig'indi razryadi va “p”- o'tish razryadi hosil bo'ladi.
“a” va “b” bir razryadli qo'shiluvchilardan faqat bittasi «1» ga teng bo'lsa, yig'indi razryadi s=1 bo'ladi va “a” va “b” bir vaqtda «1» ga teng bo'lgandagina p=1 bo'ladi. Shu holatlar uchun mantiqiy funksiyalar quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
sa & ba & b, pa & b
Bir razyadli yarim summator sxemasini shu ifodalarga mos ravishda mantiqiy elementlar asosida qurish mumkin.

2-rasm. Bir razryadli yarim summatorning sxemasi.


Ikkita 2 razryadli ikkilik sonlarni solishtirish vazifasini bajaruvchi qurilmani yaratish bilan bog'liq masalani ko'rib chiqamiz:
A = a1a2 va B = b1b2 – ikki razryadli sonlar.

Shunday solishtirish sxemasi(SS)ni yaratish kerakki u 4 ta kirishga (a1, a2, b1, b2), hamda 3 ta chiqishga (Y1, Y2, Y3) ega bo'lsin.


Bu sxemaning chiqishlari quyidagi shartlarni qanoatlantirsin: Y1=1 bo'lsin, agar A>B bo'lsa, Y2 =1 bo'lsin, agar A=B bo'lsa va Y3 =1 bo'lsin, agar ABu shartlarga mos mantiqiy funksiyalar asosida solishtirish sxemasini qurish mumkin.
3-rasmda. Ikkita ikki razryadli ikkilik sonlarni solishtirish vazifasini bajaruvchi qurilmaning sxemasi keltirilgan.
3-rasm. Ikkita ikki razryadli ikkilik(binar) sonlarni solishtirish sxemasi.

Adabiyotlar:


  1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O„qituvchi, 2011.


  2. Abdullaеv M.M., Nazarov X.N., Abdullaеva S.B., Tolipov A.R., Matyoqubov N.R. “Hisoblash tеxnikasi va boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari”. Ma'ruzalar matni. Toshkent 2011.


  3. O‟ljaеv E.U. Mikroprotsеssorlar, mikro EHM asoslari. O‟quv qo‟llanma. Toshkеnt. 2011. 404 b.


  4. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.


  5. Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010




Download 40.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling