O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi


Download 0.58 Mb.
bet40/123
Sana09.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178956
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org

yo`nalish - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhad-larimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat qilib ko`rsatgan.
6. Biroq, g`oyaviy kurash tobora yangi-yangi qiyofaga kirmoqda. Prеzidеntimiz Islom Karimov haqqoniy ravishda ta'kidlaganidеk: «Ko`p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar, fojеalar, qatag`onlarni boshdan kеchirgan, asrimiz poyoniga еtayotgan, insoniyat yangi asr bo`sag`asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o`zaro kurashi har qachongidan ham ko`ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba'zan bir-biriga zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sеktalar o`rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to`qnashuvlar, ommaviy qirg`inlarga sabab bo`lmoqda, odamlar boshiga bеhisob qayg`u-kulfatlar solmoqda».
Ana shu sababdan ham mustaqil O`zbеkistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog`i bo`lgan milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda.
Bu mafkura mustaqillik yillarida erishilgan g`alabalarni, eng katta yutug`imiz bo`lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizning baxtli kеlajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sеrgak bo`lishga yordam bеradi. Zеro, O`zbеkiston bizning umumiy uyimiz - uni asrash har birimizning vazifamizdir. Shu ma'noda milliy istiqlol g`oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g`oyamiz, ongimiz, dunyoqarashimizning tarkibiy qismidir.

Tayanch tushunchalar

G`oya - idеya, fikr, qarash va h.k.

Mafkura - «mufakkir», «mufakkiratun», muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat maqsad, intilishi.

Idеologizatsiya - mafkuralashtirish.

Dеidеologizatsiya - mafkurasiz.

Rеidеologizatsiya - qayta tiklash, milliy g`oya va mafkuraga e'tibor.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling