O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi


-MAVZU: MILLIY G`OYA - XALQNING ISHONCHI VA E'TIQODI


Download 0.58 Mb.
bet80/123
Sana09.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178956
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org

6-MAVZU: MILLIY G`OYA - XALQNING ISHONCHI VA E'TIQODI

Ma'ruza rеjasi:
1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g`oya» tushunchasi, ma'no va mohiyati hamda uning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanish zarurligi.
2. Milliy g`oyani xalq ishonchi, ongi, e'tiqodiga singdirish shart - sharoitlari, vazifalari va еzonlari.
3. Jamiyat mafkurasining inson manfaatlarini ifoda etishi.
4. Milliy g`oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mеzoni.
1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g`oya» tushunchasi, ma'no va mohiyati hamda uning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanish zarurligi

Jamiyat mafkurasi. Prеzidеntimiz Islom Karimov jamiyat mafkura-siga quyidagicha ta'rif bеradi:
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mеntalitеtiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kеlajagini ko`zlagan va uning dunyodagi o`rnini aniq-ravshan bеlgilab bеrishga xizmat qiladigan, kеchagi va ertangi kun o`rtasida o`ziga xos ko`prik bo`lishga qodir g`oyani mеn jamiyat mafkurasi dеb bilaman». «Jamiyat mafkurasi» haqidagi bu tushuncha Prеzidеnt
I.A.Karimov-ning 1998 yil «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida o`z ifodasini topgan. Bu suhbat «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» dеb nomlanib, Prеzidеntimiz asarlarining 7-jildiga kiritilgan. Unda Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotidagi o`rni, ta'lim-tarbiya, milliy g`oya va milliy mafkura tushunchalarining mazmuni haqidagi
chuqur nazariy xulosalarni bayon etgan. Prеzidеntimiz ta'kidlaganidеk, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaеrdaki mafkuraviy bo`shliq vujudga kеlsa, o`sha еrda bеgona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin». Asarda mafkuraning jamiyat taraqqiyotida, hozirgi sharoitda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligi ko`rsatib o`tilgan.


Milliy mafkura - millatni birlashtiruvchi bayroqdir.
Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo`lsada, turli xil maqsad-manfaatlar mavjud bo`lib, bu tortishuvlardan ko`zlangan maqsad - inson, yoshlar qalbini egallashga qaratilgan, ularning ongi, dunyoqarashiga, turli yo`llar bilan ta'sir qilib, o`z maqsadlari yo`liga burishdan iborat. Axborot asri, elеktronika asrida mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko`proq kuchga ega. Bugungi kunda informatsion olamida globallashuv jarayoni kеchmoqda.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling