O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
78-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy-pedagogik faoliyatni muvofiqlashtirish va ilg‘or menejment texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani shuningdek, jahonning eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkilotlari yutuqlarini umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish; –rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishda ta’lim jarayonining yuqori darajasini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarga intilish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini va ijodiy mahoratini rivojlantirish; –institutda olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib boradi; –har xil metodik materiallar tayyorlash, pedagogik va ilmiy metodik axborotlarni umumlashtirish va tarqatish, ilmiy metodik to‘plamlar va qo‘llanmalar nashr etish; Tartib raqami 830 Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1219 Xodimlar toifasi Boshqaruv –davlat talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarni darsliklar va o‘quv metodik materiallarni o‘rganish, hamda muhokama qilish, takliflar kiritish; –institutda o‘tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib borish; –institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda o‘quv- uslubiy materiallarni nashr etishga tayyorlash; –institutda o‘tkaziladigan konferensiya va seminarlarning materiallarini to‘plam shaklida umumlashtirish va o‘rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlash; –qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish; –hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman (shahar) maktabgacha ta’limi bo‘limlari bilan hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish; –qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasidagi xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy qilish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash; –fanni o‘qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarining hal etishga qaratilgan ilg‘or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, ochiq o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish; –o‘quv fani bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va mavzularini belgilash; –respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovlariga qatnashuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlash; –institutda xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish; –ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash va menejmentning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish bo‘limi bevosita ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor hamda institut rektoriga bo‘ysunadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling