O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
–Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-
mohiyatini;
–maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar
fiziologiyasini;
–vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy maktabgacha ta’limni boshqaruv
organlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
–faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarni, hujjatlarda belgilangan talablarni, uni
amaliyotga joriy etish yo‘llarini;
–faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyat organlari, xalq ta’limi
boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari, xorijiy davlatlarning mamlakatimizda faoliyat
ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
usullarini;
–maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida vazirlik, idoralar va
xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
101-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat
xizmati boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumatning qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida
Tartib raqami
2477
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1439
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


qabul qilingan vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, dasturlari va boshqa hujjatlarda vazirlik
rahbariyati tomonidan xizmatga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini
ta’minlash;
–vazirlikning hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlariga, vazirga xizmat faoliyati
doirasidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash;
–vazirlik ichki audit xizmati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, xizmat
xodimlariga xizmat vazifalarini taqsimlab berish;
–ichki audit tomonidan vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarda amalga oshiriladigan
nazorat ishlarini O‘zbekiston Respublikasining qonun va qonunosti hujjatlariga hamda o‘zining
Nizomiga muvofiq amalga oshiradi va tashkil etish;
–vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarda qonun va qonun osti hujjatlariga amal
qilinishi, budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-taroj qilinishi holatlarini
profilaktikasini ta’minlash va ularni oldini olish hamda aniqlash;
–davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–qonun buzish holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart
sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida quyi tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar
kiritish;
–nazorat oby’ektlari xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari bo‘yicha tavsiyalar
berish;
–tizimga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif berish;
–“Maxfiy” va “o‘ta maxfiy” belgili hujjatlarni bajarish;
–hisobotlarini vakolatli organlar oldida himoya qilish;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling