O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy
Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari,
Hukumat qaror va farmoyishlarini, kodekslar, vazirlikning qarorlari, buyruqlari hamda boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarni;
–yuridik hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish malakasini;
–ishchanlik va muloqot etikasini;
–mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h.k.);
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti
huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik
mutaxassislik
bo‘yicha
qayta
tayyorlash
kurslarini
tamomlagan
va belgilangan namunadagi diplomni olgan bo‘lishi;
–xorijiy tillardan birini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq
foydalanishni bilishi;
–yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalalarini O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilishi;
–qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi
hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi lozim.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar


maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling