–xoreografiya sohasiga oid o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda axborot manbalaridan
foydalanishni;
–bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mushak og‘irligini, raqsning
chiroyli usuli va tana ko‘rinishini yaratgan holda gavdaning jismoniy harakatlarni
taqsimlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi; 3-5 yoshdagi bolalar uchun ritmik
mashg‘ulotlarni tashkil etish;
–raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘zbek va jahon xoreografiya san’ati tarixi
an’analarini, respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan raqs ijro uslublarini, musiqa va ijro
yo‘nalishlarini, hududlarga mos ertaklar va folklor o‘yinlarini;
–o‘zining ish faoliyatida olgan bilimlari asosida ijodiy-tashkiliy faoliyatga ega bo‘lishi
bilan birga bolalar xoreografiya jamoalarida ijodiy jarayonini tashkil etishni;
–xoreografiya terminologiyasini tushunish, bilish va mashg‘ulotlar jarayonida bolalar
xoreografik jamoa qatnashchilari bilan ijodiy aloqani o‘rnatish.
–bolalar yoshini, hisobga olgan holda kichik konsert dasturlarini yaratish
va sahnalashtirishi, bolalar yoshiga xos oddiy xoreografik yakka, ommaviy kompozitsiyalarni
yaratish va sahnalashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
–zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalar uchun qiziqarli,
nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazishi;
–mustaqil ijodiy izlanishlar natijasida pedagogik faoliyat sohasidagi usullar, uslublar,
vositalar va shakllar borasida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish
;
Do'stlaringiz bilan baham: