O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

50-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha
ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash bo‘limi
mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
3767
Kasblarning milliy standart klassifikatori
2351


1. Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini
to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalarni o‘rganish hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar loyihalarini tayyorlash;
–maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini rivojlantirish
hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda
takliflar berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni belgilangan sanitariya
qoidalari, me’yorlari va gigiyena normalariga muvofiq holda sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni
tashkil etilishini o‘rganish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining kunlik tibbiy me’yorlar
va sanitariya-gigiyena talablari va me’yorlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlanishi, oshxonalarda tayyorlanayotgan ovqatlar, ovqat tayyorlash texnologiyalari
qoidalari bo‘yicha seminarlar tashkil etish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normalariga muvofiq sifatli oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlanishini o‘rganib borish;
–kunlik ratsionni to‘g‘ri tashkil etish uchun o‘n kunlik, haftalik taomnomalarni
tayyorlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyotga tatbiq etish uchun amaliy
seminarlar tashkil etib borish;
–bolalar iste’moli uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar
berilishini nazorat qilish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini
nazorat qilish va metodik yordam ko‘rsatish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari kesimida sog‘lom va xavfsiz
ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish;
–ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib
asosida tibbiy xizmatni o‘rganib borish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli
saqlash, mavsumiy zaxiralardan to‘laqonli foydalanishini qiyosiy o‘rganish;
–odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling