O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
56-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Qurilish, jihozlash va binolardan foydalanishni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumotlar loyihasini tayyorlashda ishtirok etish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash; –maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarining qurilish sanitariya normalari va maktabgacha ta’lim vazirligining ichki sanitariya normalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari, infratuzilma obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda o‘rganishda ishtirok etish; –har yil uchun rekonstruksiya qilinishi, mukammal ta’mirlanishi va jihozlanishi kerak bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etish; –tuman (shahar) manzilli dasturga kiritilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshootlaridan, jihozlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limi mutaxassislari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar xodimlari bilan tushuntirish ishlarini olib borish; –maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarni to‘laqonli jihozlashga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, aniqlash va ma’lumotlarni umumlashtirish; –boshqarma tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini o‘rganishda ishtirok etish, ularni yangi o‘quv yili, kuz-qish mavsumiga tayyorlash, zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida talabnomalar tayyorlash; –maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan jihozlardan samarali va ehtiyotkorona foydalanilishini nazorat qilish; –kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tabiiy gaz, boshqa isitish yoqilg‘ilari va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni umumlashtirish va rahbariyatga taqdim qilish; –davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar jarayonida ishtirok etish; –maktabgacha ta’lim bo‘limi va tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarida obodonlashtirish, texnika xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘inni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish; Tartib raqami 80 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1112 Xodimlar toifasi Mutaxassis –davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling