O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Malaka talablari
- 59-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari
2. Bilishi lozim:
–moliyalashtirishni tashkil etishga doir yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini; –moliyalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini; –mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va h); –iqtisod va moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini; Tartib raqami 227 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1231 Xodimlar toifasi Boshqaruv –attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini; –sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini. 3. Malaka talablari: –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy iqtisodiy ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; –o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan ish staji. 59-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bosh iqtisodchisi va iqtisodchi lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish masalalari hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash; –byudjet mablag‘larini rejalashtirish, tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash va ularni sarflanishini nazorat qilish; –boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab chiqish, ularni moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlariga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; –tuman (shahar) bo‘limlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va statistik hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish, hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya organlari, va tegishli tashkilotlarga taqdim etish; –tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, pedagogik stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doir me’yoriy hujjatlarning ta’lim tashkilotlariga to‘liq yetib borishini ta’minlash, mazkur masalalar Tartib raqami 639 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1211 Xodimlar toifasi Boshqaruv haqida tushuntirish ishlari o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; –tuman(shahar) bo‘limlari kesimida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarifikatsiya jadvallarini to‘g‘ri tuzilganligini nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘larni topish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislariga amaliy yordam berish, topilgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda maqsadli va samarali sarflanolishini nazorat qilish; –sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling