O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet185/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

Fan/modul uchun ma’sular:
D.U. Allayarov – AKT va AHI, Telekommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchsi;
N. M. Xolmatov AKT va AHI, Telekommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchsi.


Taqrizchilar:
S.S.Parsiyev – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kafedra boshligi, texnika fanlari doktori, dotsent.
O.A. Mirjalolov – AKT va AHI, Radiokommunikatsiya kafedrasi boshligi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI



DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI


FANING O‘QUV DASTURI



Bilim sohasi:




1000 000– Xizmatlar

Ta’lim sohasi:




1030 000– Xavfsizlik xizmati

Ta’lim yo‘nalishi:




61030 700 – Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik muhandisligi (aloqa qo‘shinlari)



Fan/modul kodi
DTF4

O‘quv yili
2021-2023

Semestr
7

Kreditlar
4

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4


Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlai
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama (soat)

Dasturlash texnologiylari

60

60

120


I. Fanning mazmuni
“Dasturlash texnologiyalari” fanining maqsadi qo‘shilma va harbiy qismlarda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarning dasturlarini yaratish bo‘yicha mustahkam nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega; turli opertsion tizimlar uchun amaliy dasturlar yaratish bo‘yicha ma’lumotga ega; dasturlar tuzishda qo‘llaniladigan tarkibiy operatorlar, funksiyalar, obyektlar va classlar tasnifidan xabardor ofitserlarni tayyorlashdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi kursantlarni yangi dasturlar loyihalash bosqichlari va usullari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan, office dasturlar paketi tarkibidagi dasturlar bilan birgalikda ishlaydigan amaliy dastur yaratish ko‘nikmasiga ega, shuningdek ma’lumotlar ba’zalari bilan ishlashni bilgan, buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni dasturiy taminotini yarata oladigan va unga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan yetuk ofitser kadrlar qilib tayyorlashdan iboratdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad – turli operatsion tizimlarda ishlaydigan amaliy dasturlar yaratish va uni optimallashtirish usullarini o‘rgatish.
Fanning vazifasi – turli operatsion tizimlar uchun amaliy dasturlar yaratuvchi muhitni yaratib berish, matematik va optimallash modellarini qurish asoslarini o‘rganish.
Mazkur fan o‘quv rejaning tanlov fanlar blokiga tegishli bo‘lib, ta’lim yo‘nalishining 4-kurs 7-semestrida o‘qitiladi. Fanni o‘qitish uchun kursantlarning fuqarolik oliy ta’lim muassasalarida o‘zlashtirgan “Dasturlash tamoyillari”, “Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash”, “Dasturiy ta’minot arxitekturasi”, “C++ da dasturlash”, “Ma’lumotlar bazasi” kabi fanlar nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi, hamda ushbu fanning o‘zi “O‘rnatilgan tizimlar apparat va dasturiy ta’minoti” va “Harbiy maqsadlarga yo‘naltirilgan dasturlash” kabi fanlar nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling