O’zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 26.52 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1403620
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan mustaqil ish (3)

Mayda, 7-8 yosh;

  • Yosh, 9-10 yosh;

  • Novis, 11-12 yosh;

  • Maktab bolaG’qizlari, 13-14 yosh; - Kadet, 15-16 yosh; - Junior, 17-20 yosh.

  • FILA Jahon junir, 17-20 yosh;

  • Universitet, 18-24 (erkaklar uchun), 17-20 (ayollar uchun);

  • Vaznda esa maktab bolalari bo‘linishida va undan yuqori: 75, 83, 90, 95, 100, 105, 110, 115, 120, 125, 130, 135, 140, 145, 152, 160, 171, 189 va 250 paundsdir.

    Kurashchilar o‘z vazn kategoriyalariga mansub bo‘lgan kurashchilar bilan kurashadilar. Bu yosh kurashchilar uchun katta stressga tushishga olib kelishi mumkin, chunki vazn qanchalik katta bo‘lsa, shuncha katta raqobatbardosh yuqorilik beradi. Ko‘pgina kurashilar o‘z vaznlarini pasaytirib, keyingi vazn kategoriyasi yuqorisiga chiqarishga harakat qilishadi. Vaznni yoqotish uchun matchdan oldin keskin choralar ko‘rish sog‘lom amaliyot emas. Yosh o‘smirlar shuni esda saqlashlari kerakki, yaxshi kurashchilar kattaroq raqiblarini ustun texnikalari bilan mag‘lub etishlari mumkin, katta vazn bilan emas 1
    Musobaqa - bu o’quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismidir. Trenirovka jarayonida odatda, sportch’ining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam beradigan hamma sifatlarni yuksak darajada namoyon qilish uch’un sharoitlar yaratish imkoniyati yo’q.
    Musobaqalarda har bir sportchi o’z raqibini yengishga intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab qiladi. Bu nafaqat insonning funksional imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Musobaqalar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
    -sport jamoasida o’quv-trenirovka ishi ahvolini aniqlash;
    -kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash;
    -u yoki bu tayyorgarlik bosqichida o’quv-trenirovka ishiga yakun yasash; -kurashni targ’ib qilishga va shugullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish. Kurash musobaqalarini o’tkazish xususityaiga ko’ra ular quyidagicha bo’ladi: a) shaxsiy; b) jamoaviy; v) shaxsiy-jamoaviy; g) toifalash.
    Shaxsiy musobaqalarda ishtirokchilarning har bir vazn toifasida egallagan o’rinlari aniqlanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o’rni aniqlanadi; shaxsiy-jamoa musobaqalarida bir vaqtda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o’rinlari aniqlanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o’rinlarini aniqlamasdan o’tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko’rsatilgan natijalar sport toifalariga muvofiq unvonlar xamda razryadlarni berishda yoki tasdiqlashda hisobga olinadi.
    Musobaqalarni o’tkazish usuliga ko’ra ular quyidagi turlarga bo’linadi; a) aylnama usul;
    b) chetlatish bilan aylanma usul;
    v) aralash usul.
    Musobaqalar xususiyatlari ularni o’tkazish usullari musobakalar nizomida belgilab berilgan.
    Kurash musobaqalari kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofiq rejalashtiriladi hamda o’tkaziladi. Bu hujjatlarni musobaqa o’tkazayotgan tashkilot tayyorlaydi va tasdiqlaydi. Ularni puxta ishlab chiqish va sport tashkilotlariga muddatidan oldin xabar qilish musobaqalarning muvaffaqiyatli o’tishiga yordam beradi. Musobaqalarning kalendar rejasi ularni o’tkazishga mas’ul bo’lgan tashkilot tomonidan tuziladi.
    Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chiqiladi. Kalendar rejani tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

    1. kalendar rejani ishlab chiqayotganda uni yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalar muddatlari va dasturlariga asoslangan holda tuzish zarur;

    2. musobaqalar soni va xususiyati o’z ahamiyatiga ko’ra shug’ullanuvchilarni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim;

    v) har xil turdagi musobaqalarni o’tkazish ko’zda tutiladi: tayyorgarlik, nazorat, saralash va asosiy.
    Tayyorgarlik musobaqalarining asosiy maqsadi kurashchilarni musobaqa sharoitlariga moslashtirish, musobaqa faoliyatining oqilona texnik-taktik harakatlarni mustahkamlash, musobaqa tajribasini egallash.
    Nazorat musobaqalarida sportchining imkoniyatlari tekshiriladi, uning tayyorgarlik darajasi, bosib o’tilgan tayyorgarlik bosqichi samaradorligi aniqlanadi. Ko’rsatilgan natijalar aosida kurashchilarning kelgusidagi tayyorgarlik dasturi ishlab chiqiladi.
    Saralash musobaqalari natijalari bo`yicha asosiy musobaqalarning ishtirokchilari aniqlanadi. Asosiy musobaqalarning bosh maqsadi g’alabaga erishish yoki imkoni boricha yuqori o’rinlarni egallashdan iborat.
    Musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish uchun ikkinchi muhim hujjat - bu musobaqa nizomidir. Musobaqa kalendar reja va kurash bo’yicha musobaqa qoidalari asosida tuziladi. Musobaqa nizomi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi.

    Download 26.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling