O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi
II- Bob. Adabiyot taxlili
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
II- Bob. Adabiyot taxlili.
2.1.Mavjud xarorat o’lchovchi qurilmalar taxlili. Kontaktli termometr xaqida mag’lumot. Mag’lumki ananaviy termostat qurilmalarida kontaktli termometrlar qo’llanilgan. Anahnaviy elektron xarorat o’lchash qurilmalarida asosan termopara yoki termoqarshilik yordamida xaroratni elektr signaliga o’zgartirib, so’ngra u yoki bu analog kuchaytirgich yordamida kuchaytirilib, biror bir strelkali indikatorga berilar, bu indikator shkalasi etalon termometr yordamida kalibrovka qilinar edi. Bu jarayon ancha yuqori malakali mehnat talab qiladigan jarayon edi. Xozirgi kunda elektron sanoati tomonidan yuqori aniqlikda kalibrovka qilingan, turli parametrlarni o’lchovchi raqamli o’lchov qurilmalar, jumladan xaroratni o’lchovchi intelektual datchiklar va komponentlar ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Dallas firmasining xarorat o’lchovchi DS18B20 rusumli mikrokontrolleri. Bu intelektual datchiklarning bir nechtasini paralel ulash orqali katta xajmlardagi xaroratni nazorat qilish tizimlarini loyixalash mumkin. Masalan 4ta fazoviy nuqtada xaroratni nazorat kiluvchi qurilmaning printsipial sxemasi 2.1 – rasmda keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki bu sxema Proteus rusumli avtomatlashtirilgan loixalash tizimining ISIS dasturining ishchi oynasida tayyorlangan. Bu tizimning afzalligi shundaki, uning yordamida loixalanayotgan qurilmaning ish rejimlarini virtual modellash orqali turli o’lchov qurilmalari bilan, masalan, ostsilograf, ampermetr, voltg’metr, tok va kuchlanish indikatorlari bilan nazorat o’lchov ishlarini bajarish mumkin. MAXIM firmasining xarorat o’lchovchi DS18B20 rusumli mikroprotsessorini 4 tasini paralel ulash orqali katta xajmdagi xona xaroratini 4 ta nuqtadan nazorat qilish tizimi loyixalangan.
2.1-Rasm MAXIM firmasining xarorat o’lchovchi DS18B20 rusumli mikroprotsessorini 4 tasini paralel ulash orqali katta xajmdagi xona xaroratini 4 ta nuqtadan nazorat qilish tizimi printsipial sxemasi. 26
Bu mikrokontroller yordamida juda aniq ishlaydigan xarorat o’lchash qurilmasini yaratish mumkin. Bu qurilmaning o’lchash aniqligini boshqarish dasturidan o’zgartirish imkoniyati mavjud. Xozirgi kunda xorijiy kompaniyalar tomonidan turli informatorlar taklif qilinmoqda. Bunday qurilmalar joriy vaqt, xarorat hamda shamol tezligini navbat bilan ko’rsatuvchi kombinatsion informatorlar shaklida ko’p tarqalgan. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling