O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/51
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#225792
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
 

 

 


 

64 


VIII-BOB. DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasini ishlab 

chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishining axamiyati 

Infratuzilmani  rivojlantirish  bo’yicha  qabul  qilingan  dasturlarda  yaqin 

istiqbolda  yangi  energetika  quvvatlarini,  elektr  energiyasini  uzatish  tarmoqlarini 

barpo  etish  va  mavjudlarini  rekonstruktsiya  qilish  bo’yicha  26  tadan  ortiq 

investitsiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. 

Bular,  avvalambor,  Tallimarjon  issiqlik  elektr  stantsiyasida  umumiy  quvvati 

900  megavolg’t  bo’lgan  ikkita  bug’-gaz  qurilmasini,  Toshkent  issiqlik  elektr 

stantsiyasida  quvvati  370  megavolg’tni  tashkil  etadigan  bug’-gaz  qurilmasini, 

Angren  issiqlik  elektr  stantsiyasida  quvvati  140-150  megavolg’tdan  iborat 

energoblokni,  Farg’ona  vodiysida  yangi  energetika  quvvatlarini  barpo  etish, 

Sirdaryo  va  Yangi  Angren  issiqlik  elektr  stantsiyalarini  bir-biri  bilan  bog’laydigan 

yuqori  volg’tli  elektr  uzatish  tarmog’ini  qurish,  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasining 

tashqi energiya tahminotini tashkil etish kabi muhim strategik loyihalardir. 

Mazkur 


obhektlar 

qurilishining 

yakunlanishi 

va 


ishga 

tushirilishi 

mamlakatimiz  butun  energiya  tizimini,  avvalambor,  texnik  jihatdan  tubdan  qayta 

jihozlash,  o’z  energiya  resurslarimiz  hisobidan  mamlakatimizning  barcha 

hududlarini  ishonchli  tahminlash  imkonini  beradi.  SHu  bilan  birga,  mazkur  tizim 

faoliyati  samaradorligini  oshirish,  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  va  uzatish 

jarayonida  sarf-xarajatlar  va  texnik  yo’qotishlarni  sezilarli  darajada  qisqartirish, 

energetika resurslari tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi. 

“O’zbekenergo” 

davlat-aktsiyadorlik 

kompaniyasi 

bug’-gaz 

elektr 

stantsiyalarini qurish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, elektr energiyasi 

istehmoli  hisobini  yuritish  va  nazorat  qilishning  avtomatlashtirilgan  tizimini  joriy 

etish,  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  va  uni  transportirovka  qilishda  texnologik 

yo’qotishlarni  qisqartirishga  qaratilgan  loyihalarni  amalga  oshirish  bo’yicha 

qo’shimcha choralarni ko’rishi darkor. 

Axborot-kommunikatsiya  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  sohasidagi 

chora-tadbirlar  va  loyihalarni  jadal  amalga  oshirish  tobora  muhim  ahamiyat  kasb 

etmoqda.  Biz  o’zimizga  shuni  aniq  tasavvur  etishimiz  kerakki,  iqtisodiyotning 



 

65 


barcha  sohalariga,  kundalik  hayotimizga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 

tizimlarini  keng  joriy  etish  bo’yicha  tub  va  ijobiy  mahnodagi  portlash  effektini 

beradigan  o’zgarishlarni  amalga  oshirmasdan  turib,  istiqboldagi  maqsadlarimizga 

erishish  qiyin  bo’ladi.  Biz  qisqa  vaqt  mobaynida  nafaqat  axborot  xizmatlari 

ko’rsatishning  ko’plab  turlari  bo’yicha  mavjud  kamchiliklarni  bartaraf  etishimiz, 

balki  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  borasida  yuksak 

darajaga erishgan ilg’or mamlakatlar safiga qo’shilishimiz zarur. 

Joriy  yilning  o’zida  Jizzax,  Toshkent,  Farg’ona  va  Xorazm  viloyatlarida 

beshta  raqamli  televizion  uzatgich  o’rnatish  yo’li  bilan  raqamli  televidenieni 

rivojlantirish  loyihalarini  amalga  oshirish  va  mamlakatimiz  aholisini  raqamli 

televidenie  bilan  qamrab  olish  darajasini  42  foizdan  45  foizga  yetkazishni 

tahminlash lozim. 

Faol  investitsiya  siyosati  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  yangilash 

bo’yicha  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlarning  eng  muhim  sharti  va  manbai 

bo’lmog’i  kerak.  O’zbekistonda  so’nggi  besh  yil  mobaynida  investitsiyalarning 

yillik  o’sish  surhati  9  foizdan  ziyodni  tashkil  etmoqda  va  bu  dunyodagi  yuqori, 

barqaror  ko’rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.  Jahon  miqyosida  global  moliyaviy-

iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bugungi murakkab 

sharoitda  biz  erishgan  bu  natijaning  ahamiyati  va  mohiyati  yanada  yaqqol  ayon 

bo’ladi. 

Keyingi  10  yilda  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  kiritilgan  investitsiyalar  hajmi  3,2 

barobar oshgan bo’lsa, shu davrda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 

barobardan ziyod o’sgani ehtiborga sazovordir. 

Strategik  xorijiy  investorlarni  jalb  etish  maqsadida  mamlakatimizda 

investorlarning  o’zi  uchun  ham,  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar 

uchun ham noyob kafolatlar tizimi yaratildi. 

Avvalo,  davlat  tomonidan  xorijiy  investorlarning  barcha  huquqlari 

tahminlanmoqda,  ularning  sarmoyalari,  mamlakatimiz  hududida  ular  tomonidan 

yaratilgan  mulkning  daxlsizligi  kafolatlanmoqda,  yaratilayotgan  imtiyoz  va 



 

66 


preferentsiyalarni  kengaytirish  va  liberallashtirish  bo’yicha  olib  borilayotgan  ishlar 

izchil davom ettirilmoqda. 

“CHet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ularni  himoya  qilish 

choralari  to’g’risida”gi  qonunga  ko’ra,  qonunchilik  normalarining  o’zgartirilishi 

investitsiyalash  shart-sharoitlarini  yomonlashtirishga olib  kelgan  taqdirda  chet  ellik 

investorlarga  nisbatan  o’n  yil  mobaynida  investitsiya  kiritilgan  sanada  amal  qilgan 

qonunchilik qo’llanadi. 

Yana  bir  qulaylik  tomoni  shundaki,  davlat  boshqaruv  organlari  yoki  davlat 

hokimiyati  mahalliy  organlari  tomonidan  chet  ellik  investorlarning  huquqlarini 

kamsitadigan  normativ  hujjatlar  qabul  qilingan,  shuningdek,  chet  ellik 

investorlarning  xo’jalik  faoliyatiga  g’ayriqonuniy  aralashishga  yo’l  qo’yilgan 

taqdirda,  bularning  oqibatida  yetkazilgan  zarar  sud  orqali  mazkur  organlar 

tomonidan qoplanadi. 

Mamlakatimizda  chet  ellik  investorning  O’zbekistonda  olgan  daromadlarini 

qaytadan  investitsiya  sifatida  kiritish  bo’yicha  hech  qanday  cheklovlar  yo’q  –  chet 

ellik  investorning  daromadi,  uning  xohishiga  ko’ra,  har  qanday  shaklda  ishlatilishi 

mumkin. 

Mazkur  qonunga  muvofiq,  yurtimizda  chet  el  investitsiyalari  va  xorijiy 

investorlarning boshqa aktivlari xalqaro huquqda qabul qilingan umumiy holatlarni 

(masalan, 

tabiiy 

ofatlar, 

falokatlar 

va 


boshqalarni) 

mustasno 

etganda, 

natsionalizatsiya qilinmasligiga yana bir bor ehtibor qaratish o’rinlidir. 

O’zbekistonda  2012  yilda  mamlakatimizning  investitsiyaviy  jozibadorligini 

yanada yaxshilashga yo’naltirilgan bir qator qo’shimcha muhim qonun hujjatlari va 

huquqiy  normalar  qabul  qilindi.  Biz  mamlakatimizda  xorijiy  investorlar  uchun 

muhim  ahamiyat  kasb  etadigan  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  yo’lida 

zarur bo’lgan barcha ishlab chiqarish infratuzilmalarini davlat mablag’lari hisobidan 

tahminlash printsipini nafaqat qabul qildik, balki uni amalda joriy etmoqdamiz. 

Biz  qiymati  50  million  dollardan  oshadigan  va  xorijiy  investorning  ulushi 

kamida  50  foiz  bo’lgan  aniq  loyihalarning  o’z  muddatida  amalga  oshirilishini 

tahminlaydigan  infratuzilmani  loyiha  hujjatlari  asosida  o’z  vaqtida  qurish 



 

67 


majburiyatini  zimmamizga  olamiz.  Surg’il  koni  negizida  Ustyurt  gaz-kimyo 

majmuasini  qurish  bo’yicha  amalga  oshirilayotgan  loyiha  buning  yaqqol  dalilidir. 

Bu yerda umumiy qiymati 212 million dollarni tashkil etadigan tashqi muhandislik 

infratuzilmasini  barpo  etishni  davlat  o’z  zimmasiga  olgan.  “Navoiy”  erkin 

industrial-iqtisodiy  zonasi  va  “Angren”  maxsus  industrial  zonasida  yaratilgan 

sharoitlar ham bunga misol bo’lishi mumkin. 

2014 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va 

stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshirish, 2014 

yilda  va  keyingi  ikki  yilda  aholi  real  daromadlarini  kamida  bir  yarim  barobar 

ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda. 

DS18B20  mikroprotsessorli  termostat  qurilmasini  ishlab  chiqarishga  xorijiy 

investitsiyalarni  jalb  qilinishining  axamiyati  shundaki,  yenergiya  tejamkorligi  va 

kurilmaning sifatli ishlab chiqarilishidir.   

 



 

68 



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling