2. Bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbarlik qilish. Malakaviy ishlarga
rahbarlar ushbu oliy o’quv yurtining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari,
boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan
tayinlanadi.
Malakaviy ish rahbari:
- topshiriq beradi;
- malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
- asosiy adabiyotlar, mahlumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha
boshqa manbalarni tavsiya etadi;
- talabalar bilan muntazam ravishda konsulg’tatsiyalar o’tkazadi;
- malakaviy ishning bajarilishini nazorat etadi;
- talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi,
mavzularning qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |