Xotira lirik tuyg‘u ham oniy lirik kechinma tarzida tug‘iladi. Lekin ijodkor
boshlagan she’r tezda yakun topmaydi. Chunki yo kechinmaning o‘ta kuchli oqimi
asarni ijodkor kutgan darajadagi falsafiy talqinida tugallashga imkon bermaydi.
Yoxud boshqa biror sabab bilan oniy lirik kechinma ta’sirida boshlangan she’r
to‘xtab qoladi. Natijada, birgina lirik she’r bir necha yillar mobaynida yoziladi.
Mana shu muhlat ichida goh xiralashib, goh yolqinlanib shoirni ijodga da’vat etgan
lirik kechinmani faqat xotira lirik kechinma deb atash mumkin.
Bizningcha, xotira lirik kechinmaning yana bir xislati ma’lum voqea-hodisa
yoki ma’lum predmetga bag‘ishlangan she’rni yozish uchun niyat qilingan damdan
shu voqea-hodisa yoki predmetni kuzatib, uni to‘liq anglab, falsafiy mushohada
qilingunga qadar anchayin fursat o‘tadi. Balki u kun, oy, yillar, davomida
cho‘zilar. Bu lirik kechinma to‘liq yetilgandan so‘ng, yetilgan fikr uyg‘unligi
orqali she’r shaklida ifodalanadi. Bunday she’rlarga Muhammad Yusufning
“Lolaqizg‘aldoq” nomli she’ri misol bo‘la oladi.
Jon so‘nggi boshpana
Toparkan ongda.
U yurak ostida
Derdim men bo‘lsam.
Ajablanma agar
24
Ertaga tongda
Seni o‘pib, O‘shni
Quchoqlab o‘lsam!..
O‘tinchim-tepamda
Yig‘lama uzoq.
Lola, lolajonim,
Do'stlaringiz bilan baham: |