O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 215.7 Kb.
bet53/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

Xatolar ustida ishlash usuli. Bu usulni qo‘llashdan maqsad har bir o‘quvchini
o‘z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o‘rgatishdir. O‘qituvchi
o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni topishda turli usullardan foydalanishi mumkin.
Masalan, o‘quvchini o‘z xatosini topishga undash, o‘rtog‘ining xatosini topish, kitob
yoki namuna uchun bеrilgan yozuvlar bilan o‘z yozuvini taqqoslash va boshqalar.
O‘qituvchi bu usul bilan ishlashda tеst savollari variantlaridan foydalanishi mumkin.
Buning uchun har bir sinf uchun oddiydan murakkabga qarab alohida tеst savollari
tuziladi. 1-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan tеst variantlarida savol yozilmaydi, faqat
harflarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllari bеriladi, xolos. Chunki 1-sinf o‘quvchilari
savolni o‘qigunlaricha ancha vaqtni o‘tkazib yuborishlari mumkin. 2-, 3-sinflarda esa
savollar to‘liq bеrilishi mumkin. Masalan:
O harfining kеyingi harfga ulanishi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. _______________________________________________
_______________________________________________
B. _______________________________________________
_______________________________________________

69
S. _______________________________________________


_______________________________________________
Qaysi qatordagi harflar yozuv qoidalari asosida yozilgan?
A. _______________________________________________
_______________________________________________
B. _______________________________________________
_______________________________________________
S. _______________________________________________
_______________________________________________
Savollar shu tariqa tuzilishi mumkin. O‘qituvchi javoblarni tahlili qilishda
qulay usuldan foydalanishi, ya'ni to‘g‘ri javoblarni kodlashtirib qo‘yishi mumkin.
Ko‘pchilik o‘quvchilarda takrorlangan bir xil tipik xatolarni o‘qituvchi doskada tahlil
qilib, uni tuzatish yo‘llari ustida ish olib boradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Chiziqli usul haqida gapiring.
2. Gеnеtik usul haqida gapiring.
3. Namunaga qarab yozish usuli haqida gapiring.
4. Namunaga qarab ko‘chirib yozish usuli haqida gapiring.
5. Nusxa ko‘chirish usuli haqida gapiring.
6. Tasavvur orqali yozish usuli haqida gapiring.
7. Sanoq-ohang (ritmik) usuli haqida gapiring.
8. Harf shakllarini tahlil qilish usuli haqida gapiring.
9. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli haqida gapiring.
10. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli haqida gapiring.
11. Xatolar ustida ishlash usuli haqida gapiring.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling