213
Misol. Forma oynasiga ikkita SpinEdit va bitta StringGrid komponentalarini
joylashtiramiz.
Birinchi
SpinEdit
komponentasining
dasturlash
qatoriga
quyidagilarni kiritamiz:
procedure
TForm1.SpinEdit1Change(Sender:
TObject); begin
Stringgrid1.ColCount:=SpinEdit1.Valu
e; end;
Ikkinchi SpinEdit komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
procedure
TForm1.SpinEdit2Change(Sender:
TObject); begin
Stringgrid1.RowCount:=SpinEdit2.Valu
e; end;
Form oynasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
procedure
TForm1.FormCreate(Sender:
TObject); begin
Stringgrid1.ColCount:=SpinEdit1.Value
;
Stringgrid1.RowCount:=SpinEdit2.Valu
e; end;
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. SpinEdit1
tugmasiga mos holda StringGridning ustunlar soni o`zgaradi. SpinEdit2 tugmasiga
mos holda StringGridning satrlar soni o`zgaradi.
Borland Delphi 7 dasturlash muhitida Calendar komponentasidan foydalanish.
Ushbu bo`limda Calendar komponentasi to`g`risida ma’lumot beramiz.
Calendar
komponentasi ko`rsatilgan oydagi standart ko`rinishdagi bir oyli kalendar yaratadi.
Kalendardagi yil, oy
va kunni aniqlash uchun Year,
Month va Day xususiyatlari
mavjud. Bu xususiyatlar butun sonlarni qabul qiladi.
Oynada tasvirlashdan oldin
yoki loyihalash jarayonida Month va Year xususiyatlariga qiymat kiritiladi.
Natijada ko`rsatilgan oy va yildagi calendar hosil bo`ladi.
Komponentning asosiy xususiyatlar: