5-amaliy mashg'ulot. Xarajatlar va mahsulot tannarxini rejalashtirish
xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlarni rejalashtirish xarajatlar tarkibi va
mahsulot (ish va xizmat)larning reja tannarxini dastlabki baholashdan boshlanadi.
Xarajatlarni rejalashtirish ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadigan tovar-
moddiy zaxiralarningQiymati va kutilayotgan foyda hajmini aniqlashdayuqori
samaraberadi.
Xarajatlarni dastlabki baholash esa bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini
beradi. U quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
— ishlab chiqarish hajmini aniq belgilash;
— mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi;
— materiallarni almashtirish variantlari;
— materiallar va chet korxonalar xizmatlarining qulayligini baholash.
Ishlab chiqarish xarajatlari byudjetini ishlab chiqish jarayonida asosan smeta va
normativ usuldan foydalaniladi.
Smeta usulida korxonaning barcha bo'linmalari rejalari asosida korxona miqyosida
xarajatlarning yig'ma rejasi shakllantiriladi.
Respublikamizda smeta usuli ancha keng tarqalgan usul hisoblanadi.
Uningqo'llanilishi kompleks rejalashtirishni yagona tizimga keltirishni ta'minlaydi.
Normativ usul asosida ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti tuziladi.
Eillik ishlab chiqarish hajmini inobatga olib, alohida mahsulotlar tannarxini
xarajatlarning iqtisodiy eleraentlari va kalkulasiya moddalari bo'yicha smetasini tuzish
uchun shaxmatli jadval ishlab chiqiladi (6-ilova). Xarajatlarni shaxmatli jadvali
tuzilgandan so'ng, korxonaning faoliyat davri uchun rejalashtiriladigan xarajatlarning
yig'ma smetasi ishlab chiqiladi.
23
Xalqaro amaliyotda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni
rejalashtirishda normativ usuldan keng foydalaniladi. Normativ xarajatlar quyidagi
formula bo'yicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |