O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sifat mavzusini o’rgatishda axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Download 0.5 Mb.
bet7/8
Sana03.08.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1664764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sifat

2.3 Sifat mavzusini o’rgatishda axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas’uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas’uliyatli ekanligini ko‘rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi,
darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. “Baliq skeleti” texnologiyasi Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar.
Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.
Boshlangʻich sinflar dasturi oʻquvchilarni soʻz turkumlari mustaqil va yordamchi soʻz tur- kumlariga boʻlinishi bilan maxsus tanishtirishni koʻzda tutmaydi, ammo oʻqituvchi bolalarni soʻz turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Soʻz turkumlarini oʻrganishdagi asosiy vazifa oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻst- irish, lugʻatini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, oʻquvchilar shu vaqtgacha foydalan- ib kelayotgan soʻzlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bogʻlanishli nutqda u yoki bu soʻzdan oʻrinli foydalanish malakasini oʻstirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun soʻz turkumlarini oʻrganish jarayonida sinonim, antonimlar ustida muntazam ish olib boriladi, oʻquvchilar koʻp ma’noli soʻzlar, ularning oʻz va koʻchma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni oʻquvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita koʻrganlari, ra- diodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bogʻlash muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida sо‘z turkumlarini о‘rganish katta va salmoqli о‘rin egallay- di. Sо‘z turkumlarini о‘rganish
jarayonida о‘quvchilarning lug‘at boyligi oshiriladi. Ular adabiy- orfoepik talaffuz me’yorlarini egallaydi, imloviy savodxonlik shakllanadi. Og‘zaki va yozma bog‘lanishli nutqi о‘sadi. О‘zgalar fikrini anglay olish, о‘qiganlarini о‘zlashtirish, о‘z fikrlarini boshqalarga, tinglovchiga erkin, tushunarli qilib yetkaza olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda boshlang‘ich sinflarda sо‘z turkumlarini о‘rgatishning amaliy ahamiyati nazarda tutilgan bо‘lsa, uni о‘rgatishning samarador metod va vositalarini ishlab chiqish zarurligini anglash qiyin emas. Jumladan, ona tili darslarida о‘quvchilarni mavzuni о‘rganishga doir badiiy asar materiallaridan foydalanishga о‘rgatish ham о‘zining samarali natijalarini beradi. Shuni hisobga olgan holda, 4 -sinflarda ot, sifat sо‘z turkumlarining murakkab grammatik xususiyatlarini о‘rganishda ona tili darsi bilan о‘qish darslarini integratsiyalash bо‘yicha olib borish ham samarali natija beradi. “Ot” mavzusini о‘rganish jarayonida uning barcha xususiyatlarini qamrab oladigan matnlardan unumli foydalanish lozim. Bunda soddadan murakkabga qarab borish tamoyiliga amal qilish ta- lab etiladi. О‘quvchilarga otning sо‘rog‘i asosida asar matnidagi otlarni topish topshirig‘i berila- di. Bunda o‘quvchilarga 4- sinf “O‘qish kitobi”dagi Sh.Sa’dullaning “Laqma it” asari matnidan Kim? Nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan otlarni aniqlab, jadvalga joylash topshirig‘i beriladi. Bunda o‘quvchilar topshiriqni quyidagi ko‘rinishda bajarishlari lozim:
Asar nomi Kim? Nima?
“Laqma it” asari Sh. Sa’dulla
It, mushuk, Moshxon, echki, sigir, Govmush, Olaqashqa, xo‘roz, tovuq, kurka, o‘rdak Boshlang‘ich sinflarda “Sifat” tushunchasini shakllantirish о‘quvchilarning “predmet belgisi” degan umumlashtirilgan kategoriyani о‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shaklh ajm, xilx ususiyat bildiradigan sо‘zlar aniqlanadi va shu sо‘zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning lug‘aviy ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatni о‘rganishda og‘zaki va yozma ijodiy ishlarga katta о‘rin beriladi. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta о‘zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonim sifatlar ustida ishlash, о‘qish darslarida esa sifatning о‘z va kо‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. 4- sinf Ona tili darslarida nazariy ma’lumotlarga asoslanib, matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qо‘yish, gapda sifat bog‘langan otni aniqlab yozish, otga mos sifatlar tanlab, predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki sо‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Bunda badiiy asar materiallaridan foydalanish yaxshi samara
beradi. О‘quvchilarda sifatning otga bog‘lanishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1-topshiriq. G‘afur G‘ulomning “Buni toping, qizlarim” topishmoq she’ridan sifatlarni topib, quyidagi jadvalga joylashtiring: Rang-tus bildiruvchi sifatlar Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar Hajm bildiruvchi sifatlar Shakl bildiruvchi sifatlar Xil-xususiyat bildiruvchi sifatlar qizil, kо‘k, qora, sariq, oq, malla mazali,taxir, shirin, nordon qalin, mayda yumaloq po‘k Boshlang‘ich sinf Ona tili darslarida grammatik jadvallar, test, rasmlar, muhokamali topshiriqlar, har xil mantiqiy vaziyatlar, boshqotirmalar, yozuvchi va shoirlarning hayoti, ijodi, ularning boy madaniy merosini tushuntirish uchun multimedia vositalaridan, videoroliklardan, elektron darsliklardan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Misol uchun Fe’l so‘z turkumini quyidagi jadval asosida bolalarga tushintirilganda samarali natija berishi mumkin:
Umuman olganda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda tutgan holda ko‘proq ko‘rgazmali vositalardan, ta’limiy didaktik o‘yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Ta’limiy didaktik o‘yinlar, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida asosiy o‘rinni egallayd. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilar bilimini oshirishda boshlangʻich ta’lim mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega. Ona tili darslarida soʻz turkumlarini oʻrgatishda tilning asl mohiyati, mazmuni kabi tushunchalar singdirib boriladi, boshlangʻich sinf ona tili darslarida soʻz turkumlarini oʻrgatishda zamonaviy pedagogik texnologiya usullari yordamida darsni tashkil etish yaxshi samara beradi. Bu borada ta’lim- tizimiga texnologik yondashuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlangʻich ta’limning eng ilgʻor tajribalaridan oʻrinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa
Boshlang’ich sinflarda "Sifat" mavzusini o’rgatish jarayonida o`qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo`lmog`i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o`xshashi, bu orqali o`quvchilar qalbiga sezilarli ta`sir o`tkaza olishi kerak. Toki, o`quvchi dars tugasa ham, shu o`qituchining darsini intiqib kutadigan bo`lsin. Umuman, boshlang’ich sinflarda "Sifat" mavzusini o’rgatish jarayonida shu darslikdagi “Sifat” mavzusi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur mavzuga bo`lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo`ladi. Buning uchun har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo`lgan holda ta`lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo`lishi, ularni dars jarayonida bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e`tiborga olgan holda qo`llay bilishi lozim bo`ladi.
Bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o`z milliy qadriyatlarini, milliy o`zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib o`rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.” 1 3-sinf ona tili darslarida inrerfaol usullardan foydalanish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarning ona tili grammatikasi bo`yicha bilim va ko‟nikalarini o`stirish boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan o`qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Chunki endigina o`z ona tilisining grammatik qonun- qoidalarini o`rganayotgan, harflarni bir-biriga qo`shib, so`zlarni esa bir-biriga qo‟shib gap yasashga o`rganayotgan, matnni ifodali o`qish qoidalari bilan tanishayotgan boshlang`ich sinf o`quvchisiga bir vaqtning o`zida ta'lim va tarbiya byerish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e`tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning ona tilining murakkab grammatikasi yuzasidan tushunchalarini o`stirish bir muncha murakkablikni o`z ichiga oladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg`ulotlarini tashkil qilish, o`qitish prinsiplari va metodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir. Biz tajriba-sinov mashg`ulotlarini olib borish jarayonida shunga amin bo‟ldikki, darslarda noan'anaviy myetodlarni qo`llash, yangi pyedagogik tyexnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o`yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o`yinlardan foydalanish o‟quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko`nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o‟stirib borishda samarali natijalar beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining qiziqarli o`yinlarni o`ynashga bo`lgan qiziqishlaridan unumli foydlanib, dars jarayonlarida, ayniqsa, ona tili darslarida til;ning grammatik qurulishi bilan tanishtirib borish, mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolaversa, uy vazifalarini tekshirishda ko`proq qiziqarli o`yinlardan foydalandik. Qo`llagan usullarimiz orqali o`quvchilarning ona tili grammatikasiga oid tushunchalarini o`stirishga harakat qildik. Natija esa yomon bo`lmadi. Ona tili darslarida noan'anaviy usullardan, qiziqarli o`yinlardan foydalanganimizda o`quvchilarning, avvalo, darsiga bo`lgan qiziqishlari ijobiy tomongan o‟zgardi. O`qish darsiga qiziqmagan o‟quvchilarda darsga qiziqish uyg`ota oldik. Eng asosiysi, tuli xil qobiliyatlari, talant qirralarini rivojlantirishga, bilim va ko`nikmalarni tez o`zlashtirib olishlariga, ona tili darsi oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, sharqona odob-axloq normalarini rivojlantirishga erishdik. Bundan tashqari, ona tili darslarida qiziqarli o`yinlar o`tkazish, sinf o`quvchilarini kichik guruhlarga bo`lib ishlash kabi usullardan foydalanganimizda o`quvchilarning mashg`ulot davomida erkin harakat qila olishga, o`zlarida his etayotgan tortinchoqlik, uyatchanlik, biladigan narsasini aytib berishga jur'at eta olmaslik kabi salbiy xarakterlaridan qutulishga, erkin fikrlash, mustaqil ravishda xulosa chiqarish, fikr-mulohazalarini va xulosalarini erkin bayon eta olish, kamtarlik, rostgo`ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishga va uni rivojlantirishga erishdik.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling