O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-jadval O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*


Download 1.77 Mb.
bet101/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1-jadval
O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*

Yillar

Ekin maydoni, ming ga.

Yalpi kartoshka hosili, ming tonna

Gektaridan hosildorlik, s/ga

Aholi jon boshiga, kg

2005

49,8

848,1

170,3

32

2006

52,6

921,5

175,2

35

2007

55,6

1023,6

184,1

38

2008

59,9

1162,7

194.1

42

2009

62,8

1245,9

198,4

44

2010

70,7

1377,9

194,9

47

2011

73,6

1440,3

195.7

49

2012

76,1

2057,1

203,7

68

2013

78,3

2250,4

210,7

74

2014

80,3

2452,4

213,6

79

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan kartoshka 1990 yilda aholining haqiqiy iste’mol qilgan hamda urug’lik uchun foydalanilgan kartoshkaning yarmidan ko’prog’i ittifoq umumdavlat fondi hisobiga ta’minlangan. O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillarida kartoshkachilikni tezroq rivojlantirish maqsadida uning ekin maydoni kengaytirildi va hosildorligi oshirildi. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan kartoshka yalpi hosili qariyb 2,2 marta ko’paydi, mos ravishda uning maydoni 24,4 foizga kengaytirildi, hosildorlik esa 47,5 foizga oshdi. Aholi jon boshiga kartoshka ishlab chiqarish 2000 yilda 1990 yilga nisbatan qariyb 83 foizga ko’paydi. Ammo jon boshiga tovar hamda urug’lik kartoshka yetkazish minimum me’yoriy talabga nisbatan 2 marta kam bo’lgan.
Demak o’sha yili respublikada jon boshiga 50 kg tovar hamda 10 kg urug’lik zarur bo’lgan. Jahon bozorlaridan aholi istemoli uchun kartoshka sotib olish tarmoqning samaradorligini oshirmasdi. Chunki transport xarajatlari hamda mahsulotning nobud bo’lishi ko’paydi.
Issiq iqlim sharoitida kartoshka biologik xususiyatlarining qisqa muddatlarda keskin pasayishi va almashtirishning zarurligini hisobga olib jahon bozorlaridan superelita va elita navli urug’lar sotib olib kelinmoqda.
Kartoshkachilikning jadal rivojlanishi asosan urug’likka ko’p jihatdan bog’liq ekanligini inobatga olib, respublikaning tabiiy iqlim hamda tuproq holatini o’ziga hosildorli xususiyatlarini inobatga olib yuqori sifatli urug’ yetishtirib beradigan maxsus urug’chilik xo’jaliklarini tashkil etish va ularni to’la qonli rivojlanishi uchun davlat tomonidan imtiyozlar berilishini taqozo etadi.
Bu maqsadga erishish uchun qo’shimcha sarflangan mablag’ hisobiga kartoshka hosildorligining oshishi hamda sifatining saqlanishimuxim hisoblanadi. Buni seleksioner olimlarning tajribasi ko’rsatmoqda. Shu bois 2014 yilda aholi jon boshiga kartoshka ishlab chiqarish 79 kg.ga yetdi. 2014 yilda kartoshka ishlab chiqarish 2005 yilga nisbatan 1604,3 ming tonnaga yoki 2,9 martaga oshdi. Shu davr ichida ham ekstensiv, ham intensiv omillar ta’sirida shu natijaga erishildi. Bu yerda nisbatan ekin maydonlarining 61,2 % ga ko’payishi ijobiy ta’sir etgan. Hosildorlik esa 43,3 s/ga.ga yoki 25,4 % ga oshgan.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling