O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-jadval O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari, ming tonna (2005-2014 yy.)*


Download 1.77 Mb.
bet121/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2-jadval
O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari, ming tonna (2005-2014 yy.)*

Yillar

Barcha toifadagi xo’jaliklar



Shu jumladan

Fermer xo’jaliklari

Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari

Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar




Go’sht (tirik vaznda)

Sut

Go’sht (tirik vaznda)

Sut

Go’sht (tirik vaznda)

Sut

Go’sht (tirik vaznda)

Sut

2005

1061,2

4554,9

22,7

94,7

1002,4

4409,2

36,1

51,0

2006

1139,6

4855,8

24,3

111,2

1078,3

4709,1

37,0

35,5

2007

1208,7

5097,5

29,8

125,4

1147,4

4949,7

31,5

22,4

2008

1288,0

5426,3

32,4

151,6

1223,2

5250,2

32,4

24,5

2009

1367,8

5802,5

35,4

190,9

1300,1

5582,2

32,3

29,4

2010

1461,4

6169,0

37,8

205,0

1389,2

5927,8

34,4

36,2

2011

1564,2

6766,2

41,0

230,1

1481,6

6494,6

41,6

41,5

2012

1672,9

7310,9

45,1

256,8

1583,9

7008,5

43,9

45,6

2013

1787,8

7885,5

49,0

285,6

1690,3

7547,2

48,5

52,7

2014

1906,3

8431,6

55,3

608,6

1800,2

8064,6

50,8

58,4

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, sigirlardan sut sog’ib olish, so’yilgan mollarning vazni va boshqa mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar bo’lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir bosh sigirdan sog’ib olingan sut qariyb 28 % ga oshgan. So’yilgan qoramolning tirik vazni ham 2014 yilda 2005 yilga nisbatan 1,8 martga oshgan. Mahsuldorlikning oshishi yalpi sut va go’sht mahsulotlarining hajmiga ijobiy ta’sir qilgan. Shuningdek, bu yerda chetdan keltirilgan zotdor qoramollar salmog’ining yildan-yilga oshib borishi ham muhim rol o’ynamoqda.


Qishloq xo’jaligi keyingi sohasi chorvachilikda iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda davlat tomonidan qishloq joylaridagi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi aholi hamda chorvachilik fermer xo’jaliklarida chorva mollari sonini ko’paytirish, naslchilik ishlarini kuchaytirish, zooveterinariya servis xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilash choralari maqsad qilib qo’yildi. Bunga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 apreldagi 67-sonli “2006—2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollar ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarorlarini ko’rsatish mumkin. Chorvachilik sohasidagi islohotlar natijasida, shuningdek, xorijdan keltirilgan zotdor mollar hisobiga ham 2013 yil boshiga kelib 2004 yilga nisbatan qoramollar bosh soni 5,9 mln dan 10,1 mln boshga yoki 171,2 foizga, shundan sigirlar soni mos ravishda 2,5 mln dan 3,9 mln ga, yoki 156,0 foizga, qo’y va echkilar soni 9,9 mln boshdan 17,1 mln boshga yoki 172,7 foizga, parrandalar soni esa 17,7 mln donadan 47,5 mln donaga yoki 2,6 martaga o’sdi27.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi
PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko’st to’ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko’proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo’jalik birlashmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan to’ldirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib unda 2009 yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari, respublika viloyatlari bo’yicha go’sht va sut yetishtirishning prognoz hajmlari keltirilgan, shuningdek, respublika viloyatlarida 2009—2011 yillarda go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha mini-texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korxonalar, shuningdek xom sut tayyorlash bo’yicha servis punktlarini barpo etish dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek ushbu qarorda 2009 yilning 1 iyulidan boshlab go’sht-sut mahsulotini sanoat ko’lamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo’yilgan bo’lib, go’sht va sutni qayta ishlaydigan korxonalarga o’z mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi berilgan. Keyingi yillarda, ya’ni 2011 va 2013 yillarda, ushbu qarorga qo’shimchalar kiritildi va u hayotga tatbiq etilmoqda.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling