O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Qishloq va o’rmon xo’jaligida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning hajmi va salmog’i dinamikasining tahlili (2005-2014 yy.)(mlrd. so’m)*


Download 1.77 Mb.
bet56/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1-jadval
Qishloq va o’rmon xo’jaligida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning hajmi va salmog’i dinamikasining tahlili (2005-2014 yy.)(mlrd. so’m)*

Yillar

Jami investisiya hajmi

Shu jumladan, qishloq va o’rmon
xo’jaligida

Hajmi

Salmog’i, %

2005

3165,2

138,2

4,4

2006

4041,0

164,4

4,1

2007

5903,5

200,9

3,4

2008

9555,9

261,2

2,7

2009

12531,9

385,9

3,1

2010

15338,7

531,0

3,5

2011

17953,4

942,5

5,2

2012

22797,3

1089,2

4,8

2013

28694,6

1334,0

4,6

2014

35233,3

1445,5

4,1

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.

2014 yilga kelib jami investisiyalarning umumiy hajmi keskin oshgan. Ya’ni, bu davrga kelib. Ularning hajmi 11,1 martaga oshgan, jumladan shu davrda qishloq xo’jaligida ham asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi 138,2 mlrd. so’mdan 1445,5 mlrd. so’mga yoki 10 martadan ziyod oshgan. Qishloq va o’rmon xo’jaligining jami investisiya hajmidagi salmog’i esa deyarli o’zgarmasdan kolgan.




2.Kapital qo’yilmalar tushunchasi, foydalanishning asosiy yo’nalishlari, tarkibi va moliyalashtirish manbalari

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida harakatdagi asosiy vositalarning asta-sekin eskirishi, so’ngra esa hisobdan chiqarilish ro’y beradi, bu esa ularni – oddiy yoki kengaytirilgan takror ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish kapital qo’yilmalar manbalari hisobiga amalga oshiriladi.


Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar deb harakatdagi asosiy vositalarni tiklashga va kengaytirishga yo’naltirilgan pul vositalariga aytiladi.
Kapital qo’yilmalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish kapital qo’yilmalarga mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar traktor, qishloq xo’jalik mashinalari, ishchi va mahsuldor mollar, binolar va inshoatlar, yo’l qurilishi va boshqalarga sarflanadi. Ishlab chiqarish kapital qo’yilmalariga, iqtisodiy mohiyati bo’yicha, shuningdek asosiy podani vujudga keltirish xarajatlari ham kiradi. Lekin mavjud uchyot sistemasida kapital qo’yilmalar sistemasiga bu xarajatlar kirmaydi va alohida hisobga olinadi. Asosiy poda uchun kapital qo’yilmalar asosan brak qilingan, ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi;
2.Noishlab chiqarish kapital qo’yilmalariga uy-joy qurilishi madaniy-maishiy binolar va sog’liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Kapital qo’yilmalar - bu potensial asosiy vositalar bo’lib, ular ma’lum obyektlarni foydalanishga topshirilgandan keyin asosiy vositalarga aylanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda kapital qo’yilmalardan foydalanishning asosiy yo’nalashlari quyidagilardir:
1.O’simlikchilik va chorvachilik ishlab chiqarish binolari, ustaxonalar, uy-joy, madaniy-maishiy obyektlar va boshqalarining kapital qurilishi va rekonstruksiyasiga;
2.Ishlab chiqarish qurollari(mashina, uskunalar) ishchi hayvonlar sotib olinadi, shuningdek mahsuldor hayvonlar podasi shakllantiriladi.
3.Yerlarni meliorasiyalash, ko’p yillik daraxtlarni o’tkazish, hosilga kirgancha o’stirish va boshqalar.
Bevosita qishloq xo’jaligini rivojlantirishga ajratilgan pul vositalaridan tashqari, butun kompleks ishlar bo’yicha qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sarflanadigan kapital qo’yilmalar o’ziga quyidagi bir qator xarajatlarni oladi:
1.Davlat va jamoa xo’jaliklarini texnika bilan ta’minlaydigan korxona va tashkilotlar qurilishi uchun vositalar;
2.Qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot muassasalari qurilishiga;
3.Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar barpo qilishga;
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa maqsadlarga.
Ma’lum bir davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalarning jami summasi kapital qo’yilmalarning to’plamini tashkil qiladi(KQ). Kapital qo’yilmalarning sig’imi (KQS) deganda 1 ga yer maydoniga (qishloq xo’jalik yaroqli yeriga, haydaladigan yerga) to’g’ri keladigan kapital qo’yilmalar summasi - (Yer) yoki 1 mol o’rni - (MO’)ga to’g’ri kelgan kapital qo’yilmalar summasi tushiniladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.



Kapital qo’yilmalarning miqdor va sifat xarakteristikasi ularning tarkibini, ya’ni u yoki bu elementning umumiy hajmdagi nisbatini aks ettiradi.


Kapital qo’yilmalarning tarmoq, takror ishlab chiqarish va texnologik tuzilishi mavjud. Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi qishloq xo’jaligida turli tarmoqlar yoki ishlab chiqarish turlari bo’yicha investisiyalar nisbatini ifodalaydi. Takror ishlab chiqarish nuqtai nazardan tuzilishi kapital qo’yilmalarning turli yo’nalishlari bo’yicha foydalanish salmog’ini ifodalaydi. Texnologik tuzilish esa, uskunalarga, qurilish-montaj ishlariga va loyiha-qidiruv ishlariga foydalaniladigan kapital qo’yilmalarning salmog’ini ifodalaydi.
Kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi:
I - Tarmoq tuzilishi:
1.Chorvachilik binolari qurilishi va jihozlash;
2.Suv xo’jalik qurilishi;
3.Elektrlashtirish;
4.Bog’lar va boqqa ko’p yillik daraxtlar barpo qilish;
5.Traktorlar, mashina va uskunalar sotib olish;
6.Uy-joy va madaniy-maishiy qurilish;
II-Takror ishlab chiqarish tuzilishi:
1.Ishlab chiqarishni rekonstruksiyalash;
2.Mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish;
3.Yangi qurilish.
III-Texnologik tuzilishi:
1.Uskunalar;
2.Qurilish-montaj ishlari;
3.Loyiha-qidiruv ishlari;
4.Boshqa qo’yilmalar.
Xo’jalik yuritishning barcha shaklllari va qishloq xo’jalik korxonalarning barcha turlari uchun umumiy ishlab chiqarishda mustaqillik va o’zini-o’zi moliyalashtirishni taqozo qiladigan, bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishni bosh manbai sifatida xususiy manbalar - asosiy vositalar amortizasiyasi, foyda va boshqalar hisoblanadi. Bunda amortizasiya ajratmalari oddiy takror ishlab chiqarish manbai sifatida, foyda esa ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish manbai sifatida tashkil topadi. Agar shu maqsadlarga xususiy vositalar yetmay qolsa, bank kreditlari jalb qilinadi. Davlat qishloq xo’jaligi korxonalarida katta miqdordagi pul vositalarini asosiy podani tashkil qilishga sarflaydi. Mahsuldor va ish hayvonlari asosiy podasini tashkil qilish xarajatlari va moliyalashtirish manbai umumiy holda kapital qo’yilmalarga qo’shilmaydi. Davlat korxonalarining podani tashkil qilish xarajatlari xususiy vositalari hisobiga moliyalashtiriladi: brak qilingan mollarni sotishdan kelgan tushum, ishchi hayvonlar amortizasiyasi va boshqa manbalar. Agar bu mablag’lar korxonada yetishmasa, u holda moliyalashtirish bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat qishloq xo’jaligi korxonalariga byudjet vositalari faqat muhim maqsadlarni (yirik ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlariga, meliorasiyaga va boshqalarga) moliyalashtirishga ajratadi.
Jamoa xo’jaliklarida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning bosh manbai xususiy vositalardir. Unga amortizasiya ajratmalari, voyaga yetgan mahsuldor va ishchi hayvonlarni sotishdan kelgan pul tushumi, xo’jalik o’rmonidan daraxt sotish, sof daromaddan ajratmalar, asosiy vositalar sug’urtasi qaytimi va boshqa manbalardir. Davlat xo’jaliklaridan farq qilgan holda jamoa xo’jaliklari xususiy mablag’lari yetmay qolganda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish bankning faqat uzoq muddatli kreditlari orqali qoplanadi. Uzoq muddatli kredit miqdori kapital qo’yilmalar xarajatining rejadagi hajmi va jamoa xo’jaligining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Xo’jaliklararo korxonalar va birlashmalarda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish paychilar ajratgan vositalar hisobiga, amortizasiya ajratmalari va birlashma hamda ularning kengashi ustavi aniqlagan miqdorda foydadan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi. Davlat korxonalarida, qishloq xo’jaligi kooperativlarida va aksionerlik korxonalari va birlashmalarida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbai – ta’sischilarning pul va material vznoslari, qimmatbaho qog’ozlar (aksiya, obligasiya)dan keladigan daromadlar, xayriya vznoslari, korxona tashkilot va fuqarolarning ehsonlari hisoblanadi. Dehqon xo’jaligi asosiy vositalarni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiradilar. Ular zarur bo’lib qolganda, bankdan uzoq va qisqa muddatli ssudalarni davlat korxonalari amal qiladigan qoidalar asosida olish huquqiga egadirlar. Bundan tashqari shaxsiy mol-mulklarini garovga qo’yib, ipoteka banklar kreditlaridan foydalanadilar.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling