O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus texnikum professional ta’limning


Download 3.39 Mb.
bet18/85
Sana05.09.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1672921
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
5.52.01.01-Kompyuter injiniring(yangi)

O’quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Biznesni tashkil etish va yuritish

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

Bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilariga biznesni tashkil etish va yuritish asoslari, bitiruvchilarni mehnat bozoriga moslashtirish, kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishda o‘quvchilarning shaxsiy bilim, ko‘nikma hamda malakasini shakllantirish, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi vakolatlarini bilishi, o‘z kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha raqobatbardosh hodim sifatida tayyorlash, muzokaralar olib borishni o‘rgatish ko‘nikmalarini o‘rganishlari uchun amaliy bilimlar majmuasini berishga zamin yaratadi.

O’zlashtirish natijalari

-tadbirkorlikni rivojlantirish, rag‘batlantirish, unga keng yo‘l berish, tadbirkorlik faoliyatini kafolatlash to‘g‘risidagi ko‘pgina qonun va farmonlarni, ya’ni tadbirkorlikning huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslarini;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish jarayonlarini, biznesni amalga oshirish bosqichlari, biznesdagi axloq madaniyati, biznes-rejani START-AP tuzish qoidalarini mukammal bilish;
-tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibi, soliqlarning iqtisodiy mohiti va amal qilish xususiyatlari, soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi;
-biznesni tashkil etish va yuritish faoliyatini mohiyatini anglay olishi;
- tadbirkorlikka xos xarakter qirralarini shakllantirishi;
-biznesni tashkil etish va yuritish bilan shug‘ullanish qarorini qabul qilishga tayyorlash;
- mehnat jamoasi bilash ishlashga tayyorlash;
- kelgusidagi kasbining ijtimoiy ahamiyatini anglay olishi;
- kasbiy faoliyatini olib borish uchun yuqori darajadagi ishtiyoqning mavjudligi.

Bilimlar

-biznesni tashkil etish va yuritish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish;
-biznesni tashkil etish va yuritish faoliyatida sodir bo‘layotgan jarayonlarni muhim belgilari bo‘yicha o‘rganish;
-biznesni tashkil etish va yuritishga daxldor ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tashkil qilish asosida xulosa chiqarish usullarini o‘zlariga singdirish.
-o‘zining kelgusidagi kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini;
-ish beruvchi tomonidan ishchiga qo‘yiladigan odatiy va o‘ziga xos talablarni va ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat usullari va qoidalarini;
-ijobiy imidj hosil qilish qoidalari va usullarini bilishi.

Ko’nikmalar

-fanning mazmun-mohiyatini ta’riflay olish;
-Biznesni tashkil etishda sodir bo‘layotgan jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish;
-tadbirkorlik va biznesning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
-kelgusidagi kasbini rejalashtira olishi;
-axborotlar izlay olishi;
-suhbatdan o‘ta olishi;
-o‘z uslubini yarata olishi.


Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling