O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana02.08.2017
Hajmi4.9 Mb.
#12594
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53

 

6-mavzu. Barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviyatning o‘rni. 

Ma’naviy  tarbiyani  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish,  ma’rifat  va  madaniyatning 

moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  maqsadga  erishishning  asosiy 

omillaridan biri ekanligi. 



356 

 

Madaniyatsiz  jamiyat  rivojlanmaydi.  Madaniyatning  tarkibiy  qismlari 

bo‘lmish  ilm,  fan,  ma’rifat  taraqqiyot  negizi.  Iqtisodiy  taraqqiyot  uchun 

ulkan moddiy - madaniy zamin zarur ekanligi. 

Yosh  avlodni  har  tomonlama  yetuk  qilib  tarbiyalashda  komil  inson, 

ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo  totuvlik,  dinlararo  bag‘rikenglik 

tamoyillarining o‘rni va ahamiyati. Milliy g‘oyaning butun O‘zbekiston ahli 

uchun  birdek  daxldorligi.  Bizning  ulug‘  maqsadimiz  mustaqillikni 

mustahkamlash,  mamlakatimizni  har  tomonlama  yuksaltirish,  yorug‘  va 

erkin hayot sari olg‘a yurishdir. 

Millat  ma’naviyatini  shakllantirish  va  yuksaltirishda  oilaning  o‘rni  va 

ta’siri beqiyos ekanligi. 

Mahalla  –  insonni  jamiyat  bilan  uyg‘unlashtiradigan  hamda  shu  ruhda 

tarbiyalaydigan  eng  katta  saxovatli  go‘sha  va  beqiyos  Vatan  ekanligi. 

Mustaqillik  sharofati  tufayli  qo‘shnichilik  va  mahallachilik  an`analarining 

yangi  ruhda  shakllanganligi.  Mahallaning  Konstitutsion  maqomga  egaligi. 

Mahalla  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  jamiyat  sari”  tamoyilining  amaliy 

ifodachisi. Mahalla - tarbiya maktabi. 

Yangi  jamiyat  bunyodkori  yangi  insonni  tarbiyalashda  mahallaning, 

uning  faollarining,  diniy  ma’rifat  va  ma’naviy  axloqiy  masalalar  bo‘yicha 

maslahatchilar ishtirokining ahamiyati. 

Uzluksiz ma’naviy tarbiya ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan 

tuyg‘usi orqali amalga oshirilishi. Tabiatga, go‘zallikka munosabat. 

  

7-mavzu. Insonparvarlik, vatanparvarlik va tinchliksevarlik – 



shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi. 

Milliy  o‘z-o‘zini  anglash,  boshqa  millatlarga  nisbatan  hurmat, 

vatanparvarlik  va  millatparvarlik,  tinchliksevarlik  shaxs  ma’naviyatining 

belgilari ekanligi. 

Insonparvarlik  axloqiy  tamoyillarning  eng  qadimiy  va  eng  muhimi. 

I.A.Karimov  Konstitutsiyaning  13  yilligiga  bag‘ishlab  so‘zlagan  nutqida 

ham  inson  manfaati  masalasi  mohiyat  va  Yechimlari  izohlangan. 

Insonparvarlik – odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama 

namoyon  bo‘lishi  uchun  kurashish  kishilarning  baxt-saodati,  teng 

huquqliligi,  adolatli  hayotini  ta’min  etishga  intilishini  ifodalaydigan  g‘oya 

va  qarashlar  tizimi  ekanligi.  Barcha  uchun  birdek  yagona  “universal 

demokratiya”ning yo‘qligi. 

XX  asr  tarixida  inson  omili  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘ldi  va 

barcha tarixiy o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligi.  

Vatanparvarlik,  insonparvarlik  va  o‘z  millatiga  sadoqat,  shaxs 

ma’naviyatining muhim mezonlari ekanligi. 



357 

 

Vatanparvarlik  –  kishining  o‘zi  tug‘ilib  o‘sgan,  kamol  topgan  joy, 

zamin,  o‘lkaga  bo‘lgan  mehr-muhabbatini,  munosabatlarini  ifoda  etadigan 

ijtimoiy va ma’naviy axloqiy hislatlari, fazilatlari ekanligi.  

Xalqimiz  ma’naviyatining  ajralmas  qismiga  aylanib  ketgan  muqaddas 

tushunchalardan  biri  –  tinchliksevarlik  ekanligi.  Yer  yuzidagi  har  qanday 

urushning  natijasi  –  yovuzlik,  adolatsizlik,  shafqatsizlik  va  buzg‘unchilik 

hamda  axloqsizlik  ekanligi.  Barcha  ezgu  orzu-niyatlar  tinchlik  zaminida 

ro‘yobga  chiqishi  haqida.  Davlatimiz  tomonidan  tinchlikni  ta’minlash 

borasida olib borilayotgan ishlar. 

Mustaqillikni  asrab-avaylash,  himoya  qilish  va  mustahkamlashning 

muhim omili ogohlik ekanligi. “O‘zingni, o‘z uyingni o‘zing asra!”, “Ogoh 

bo‘ling odamlar!”, “Tinchlik uchun kurashmoq kerak!”, “O‘zbek xalqi hech 

qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”. 

 

8-mavzu. Demokratik jamiyatning shakllanishida ma’naviyatning 

o‘rni. 

Erkin  fuqaro  ma’naviyatini  shakllantirish  dolzarb  vazifa  ekanligi. 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  samaradorligi  xalq 

ma’naviyatining  tiklanishi,  boy  tarixiy  merosimizning  chuqur  o‘rganilishi, 

milliy  qadriyatlarning  saqlanishi,  madaniyat,  san`at  rivoji  va  jamiyat 

tafakkurining  o‘zgarishi  hamda  yuksalishi  bilan  bog‘liq  ekanligi.  1990  -yil 

24-  martda  O‘zbekistonda  prezidentlik  boshqaruvining  joriy  etilishi  milliy 

madaniyatimiz,  ma’naviy  boyliklarimizni  asrash  va  yanada  boyitishga 

qaratilgan  o‘z  mustaqil  siyosatimizni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishga 

xizmat qildi.  

Ona tili – bu millatning ruhi. Mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat 

tili  maqomini  berish  masalasi.  Davlat  tili  maqomining  Konstitutsiyada 

huquqiy jihatdan belgilanishi va mustahkamlanishi. Istiqlol yillarida o‘zbek 

tilining qo‘llanish doirasining kengayishi va xalqaro miqyosda faol muloqot 

vositasiga aylanishi. 

Vatanga muhabbat o‘zlikni anglashdan boshlanadi. Yosh avlodni yaxlit 

o‘zbek  xalqining  farzandi  ekanligini  anglash  ruhida  tarbiyalash.  Yashab 

turgan joy nomlarining atalishida tarixiy xotira va vatan tuyg‘usi. Dunyoviy 

davlatda  dinga  munosabat.  Sobiq  mustabid  tuzum  davrida  din  va  diniy 

qadriyatlarga  munosabat.  Dunyoviy  va  diniy  qadriyatlarning  uyg‘unligi 

tarixiy zarurat ekanligi. 

Shaxs  va  davlatning  o‘zaro  ma’suliyati.  Ijtimoiy  adolat.  Fuqarolar 

tengligi. 

Demokratik  jamiyatning  shakllanishida  ma’naviyatning  o‘rni  beqiyos 

ekanligi. 


358 

 

Mamlakatimizda  ma’naviyat  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishiga 

aylanganligi.  Davlat  va  nodavlat  tashkilotlarining  jamiyat  hayotida  tutgan 

o‘rni. 


 

9-mavzu: Jamiyat taraqqiyotida islohotlar va ularning ma’naviy 

mezonlari. 

Yangi  taraqqiyot  yo‘liga  qadam.  Erkin  bozor  munosabatlariga 

asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish yo‘lida.  

Taraqqiyotning o‘zbek modeli.  

Davlat  mulkini  xususiylashtirish  bozor  munosabatlariga  o‘tishning 

muhim shartlaridan biri ekanligi. 

O‘tkazilayotgan  islohotning  jamiyatda  ma’naviy  mezonlarning  hal 

qiluvchi omili bo‘lib xizmat qilib kelayotgani. O‘tish davrida ijtimoiy adolat 

tamoyilining ahamiyati.  

Islohotlar  samarasi  xalqning  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar  uning 

hayotiga daxldorligini anglab yetishi bilan belgilanishi.  

Bozor iqtisodiyoti sharoitida inson omili. Islohot – islohot uchun emas, 

avvalo,  inson  uchun.  Islohotlarni  amalga  oshirishda  ma’naviyat  va 

iqtisodiyotning  bir-birini  inkor  etmasligi.  Islohotlarning  xalqimiz  ruhiyati, 

turmush  tarzi,  urf-odat,  an`analariga  har  tomonlama  mos  yo‘li. Islohotlarda 

xalq ma’naviy hayoti bilan bog‘liq masalalarning ustuvorligi. 

Ma’naviyat  va  iqtisodiyotning  o‘zaro  aloqadorligi  jamiyat  taraqqiyoti 

va barqarorligi garovi ekanligi. 



 

10-mavzu: Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash. 

Ma’naviy  tajovuzlar.  Xudbinlik,  loqaydlik,  manfaatparastlik,  hasad, 

sotqinlik kabi illatlardan yosh avlodni himoya qilish yo‘llari.  

Ma’naviy  bo‘shliq  va  zamonaviy  axborot  maydoni  xavfi.  Beparvolik, 

loqaydlikning  ma’naviyatga  yetkazadigan  zararlari.  Xalqaro  maydondagi 

turli  siyosiy  kuchlarning  milliy  va  strategik  maqsadlari  yo‘lidagi  “Erkinlik 

va  demokratiyani  olg‘a  siljitish”  hamda  o‘tish  davridagi  g‘oyaviy 

bo‘shliqdan  foydalanib  ma’naviy  va  axloqiy  tubanlik  illatlariga  asoslangan 

“ommaviy madaniyat” niqoblari ostidagi harakatlari. 

Ma’naviy  tahdidlar  va  ularning  ta’sir  qilish  vositalari.  Mustaqil 

dunyoqarash.  Sog‘lom  fikrlash.  Mafkuraviy  va  ma’naviy  ta’minlanganlik. 

Komil  inson,  sharqona  axloq  me`yorlari.  Or-nomus,  uyat,  andisha,  sharmu 

hayo, ibo va iffat tushunchalari. 

Ma’naviy  boylik  –  inson  irodasining  quvvati.  Beparvolik,  loqaydlik 

ma’naviyatga  zid  illat.  Jamiyat  mafkuraviy  immunitetini  kuchaytirishning 

samarali  usul  va  uslublari.  Shaxs  va  davlat,  inson  va  jamiyat  o‘rtasidagi 

munosabatlarning  yangicha  mazmuni  va  shakli,  yangi  tamoyillar  asosida 


359 

 

takomillashib  borishi.  Ma’naviy  hayotimizni  turli  tahdid  va  xurujlardan 

himoya qilish har bir fuqaro, har bir insonning mas`uliyatli burchi ekanligi. 

 

11-mavzu: Mamlakat taraqqiyotidagi mas`uliyatni his etish 

yoshlarning yuksak ma’naviy burchi  

Bosqinchilik va mustamlakachilik oxir-oqibatda ozodlik hamda istiqlol 

uchun  kurash  zaruratini  keltirib  chiqarishi  butun  insoniyat  tarixi  sabog‘i. 

Mustaqillikka  erishish g‘oyasi  O‘zbekiston xalqiga  ham  azaldan  merosligi. 

Xalqimizning ahmoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, 

mo‘g‘ul  -tatar  bosqinchiligiga,  chorizm  mustamlakachiligiga  va,  nihoyat, 

sho‘ro totalitar tuzumiga qarshi olib borgan milliy ozodlik harakatlari.  

Mustaqillik  tushunchasi,  uning  siyosiy  (milliy  davlatchiligimizning 

tiklanishi, o‘z taqdirimizni o‘zimiz erkin belgilashimiz, jahon hamjamiyatiga 

teng  huquqli  a’zo  bo‘lishimiz,)  iqtisodiy  (mamlakat  hududidagi  jamiki 

moddiy  boyliklarga  ega  bo‘lishimiz),  ijtimoiy  (turmushni  milliy 

xususiyatlarimiz,  urf-odatlarimiz  va  an’analarimiz  asosida  tashkil  etish 

imkoniga  erishganimiz),  ma’naviy  (o‘zligimizni  anglash,  insoniyat  tarixida 

tutgan  o‘rnimizni  bilib  olish,  omma  fikrning  uyg‘onishi)  sohalardagi 

ahamiyati. Mustaqillikning oliy qadriyatga aylanishi. 

“O‘zbekiston  –  kelajagi  buyuk  davlat!”  shiorining  olg‘a  surilishi 

omillari. Respublikamizda yerosti va usti resurslarni ishga solish, zamonaviy 

ishlab  chiqarish  korxonalarini  vujudga  keltirish,  odamlar  uchun  munosib 

turmush  sharoitlarini  vujudga  keltirish,  odamlar  uchun  butun  xalqning, 

ayniqsa, 

yoshlarning 

mustaqillikni 

mustahkamlash 

va 


mamlakat 

taraqqiyotiga  mas’ullikni  xis  qilish  yoshlarning  ma’naviy  burchi  ekanligi 

hamda  bu  jarayonda  ular  o‘z  ma’naviy  salohiyatini  yuksaltirib  borish  davr 

talabi ekanligini anglashi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 

1.

 



O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi.  –  Т.:  “O‘zbekiston”. 

2014.  


2.

 

Karimov  I.A.  O‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisodiyot,  siyosat,  mafkura. 



1-jild.– Т.: “O‘zbekiston”. 1996. 

3.

 



Karimov  I.A.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  2-jild.  –  Т.: 

“O‘zbekiston”. 1996. 

4.

 

Karimov  I.A.  Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir.3-jild.  –  Т.: 



“O‘zbekiston”. 1996. 

5.

 



Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. – T.: “O‘zbekiston”. 1996. 

6.

 



Karimov  I.A.  Yangicha  fikrlash  va  ishlash  davr  talabi.5-jild,  –  Т.: 

“O‘zbekiston, 1997. 



360 

 

7.

 



Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot.  6-jild.  –  Т.: 

“O‘zbekiston”. 1998. 

8.

 

Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild, – Т.: 



“O‘zbekiston”. 1999. 

9.

 



Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot-pirovard 

maqsadimiz. 8-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2000. 

10.

 

Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas’ulmiz.  9-jild,  –  Т.: 



“O‘zbekiston”.2001. 

11.


 

Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.10-jild.  – 

Т.: “O‘zbekiston”. 2002. 

12.


 

Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo 

bilan hamkorlik yo‘li. 11-jild.  –  T.: “O‘zbekiston”. 2002. 

13.


 

Karimov  I.A.  Tinchlik  va  xavfsizligimiz  o‘z  kuch-qudratimizga, 

hamjihatligimiz  va  qat’iy  irodamizga  bog‘liq.  12-jild.  –  Т.:  “O‘zbekiston”. 

2004. 


14.

 

Karimov  I.A.  O‘zbek  xalqi  hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo‘lmaydi. 



13-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2005. 

15.


 

Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, 

ma’naviyatimizni  yuksaltirish  va  xalqimizning  hayot  darajasini  oshirish-

barcha  ishlarimizning  mezoni  va  maqsadidir.  15-jild.  –  Т.:  “O‘zbekiston”. 

2007. 

16.


 

Karimov.  I.  A.  “  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”.  –  T.: 

“Ma’naviyat”. 2008. 

17.


 

Karimov  I.A.  Eng  asosiy  mezon  -  hayot  haqiqatini  aks  ettirish.  –  T.: 

O‘zbekiston, 2009. 

18.


 

Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi: 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining 

qo‘shma majlisidagi ma’ruza.2010-yil 12-noyabr. –T.: «O‘zbekiston». 2010. 

19.


 

Islom  Karimov.  O‘zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonosida.  –  T.: 

“O‘zbekiston” . 2011. 

20.


 

Karimov  I.A.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  vatanimiz  taraqqiyotini 

yuksaltirish,  xalqimiz  farovonligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  –  T.: 

O‘zbekiston, 2011. 

21.

 

Karimov  I.A.  O‘tganlarni  xotirlash,  keksalarni  e’zozlash  –  bizning 



farzandlik  burchimizdir.  9-may  2015-yil  Xotira  maydonida  ommaviy 

axborot vositalari vakillariga bergan intervyusi //  “Xalq so‘zi” 2015-yil 10- 

may. 

22.


 

Karimov  I.A.  “Ona  yurtimiz  baxt-u  iqboli  va  buyuk  kelajagi  yo‘lida 

xizmat qilish – eng oliy saodatdir” – T.: O‘zbekiston. 2015.  


361 

 

23.


 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  “O‘zbekiston 

Respublikasi  davlat  mustaqilligining  yigirma  to‘rt  yillik  bayramiga 

tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish  to‘g‘risida”gi  Qarori.  “Xalq  so‘zi”  , 

2015- yil 18- iyul. 

24.


 

Karimov  I.A.  Vatanimizning  tinchligi  va  xavfsizligi  o‘z  kuch-

qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. – T.: 

“O‘zbekiston”. 2004. 

25.

 

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. 1997-yil 29-avgust. 



26.

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 1997-yil 29-avgust. 



27.

 

“Xalq  badiiy  hunarmandchiligi  va  amaliy  san`atini  rivojlantirishni 



yanada 

qo‘llab-quvvatlash 

to‘g‘risida” 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining Farmoni. “Xalq so‘zi”, 2010-yil 30-mart.  

28.

 

Bolalar  sporti  ob`ektlaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish 



borasidagi 

qo‘shimcha 

chora-tadbirlar 

to‘g‘risidagi 

O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti qarori. “Xalq so‘zi”, 2010 -yil 6-may. 

29.

 

Prezident Islom Karimovning Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida 



2011-yil  15-iyun  kuni  Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  (SHHT)  Davlat 

rahbarlari  kengashining  navbatdagi,  o‘n  birinchi  majlisidagi  nutqi. 

“Hamjihatlikda global tahdidlarga qarshi kurashish va barqaror taraqqiyotni 

ta’minlash” “Xalq so‘zi”, 2011-yil 16-iyun. №118 (5285). 

30.

 

Prezident  Islom  Karimovning  I.Karimovning  O‘zbekiston  Respublikasi 



Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisidagi 

ma’ruzasi. 

“Mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatni  rivojlantirish  kontsepsiyasi”.  –  Т.: 

“O‘zbekiston”, 2010. 

31.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  BMT  Bosh 



Assambleyasining Ming  yillik rivojlanish  maqsadlariga  bag‘ishlangan  Oliy 

darajadagi  yalpi  majlisidagi  nutqi//Xorijiy  ijtimoiy-siyosiy  doiralar 

vakillarining munosabatlari va sharhlari. –T.: “O‘zbekiston”, 2010. -184 b. 

32.


 

Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  –  T.: 

“O‘zbekiston”, 2000. 

33.


 

 Imom Buxoriy. “Hadis”, 4-jildlik. – Т.: 1992. 1-jild.  

34.

 

 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – Т.: Sharq, 1994. 



35.

 

 Toxir Karim. Muqaddas “Avesto” izidan. – Т.: Cho‘lpon, 2000. 



36.

 

 Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – Т.: “O‘qituvchi”, 1994. 



37.

 

 Abdurashitxonov M. Tanlangan asarlar. – T.: “Ma’naviyat”, 2003. 



38.

 

 Bozor  iqtisodiga  o‘tish  va  jamiyatning  ma’naviy  yangilanish 



muammolari. – T.: 1993. 

39.


 

 Buyuk  siymolar  allomalar  (O‘rta  Osiyolik  mashhur  mutafakkir  va 

donish-mandlar).  Nashrga  tayyorlovchi  M.M.Xayrullayev.  –  Т.:  Meros,  1-

kitob, 1995, 2-kitob, 1996, 3-kitob, 1997. 



362 

 

40.


 

 Imom  Ismoil  al-Buxoriy.  Al-adab  al–mufrad(Adab  durdonalari). 

Tarjimon,  muqaddima  va  izohlar  muallifi  Sh.  Boboxonov.  –  Т.: 

“O‘zbekiston”, 1990. 

41.

 

 Imomnazarov M.Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari. Mas`ul 



muharir N. Komilov. – Т.: “Sharq”, 1996. 

42.


 

 Kaykovus.  Qobusnoma.  Muhammad  Rizo  Ogahiy  tarjimasi.  –  T.: 

“O‘qituvchi”, 1998. 

43.


 

 Musurmonova 

O.  Ma’naviy  va  yoshlar  tarbiyasi.  –  Т.: 

“O‘qituvchi”,1996. 

44.

 

 Musurmonova  O.  Oila  ma’naviyati-milliy  g‘urur.  –  Т.:  “O‘qituvchi”, 



2000. 

45.


 

 Ma’naviyat gulistoni. – T.: 2002. 

46.

 

 Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, 



adiblar). – Т.: 2001. 

47.


 

 Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. – Т.: “Sharq”, 2001. 

48.

 

 Yusupov E, Ismoilov F. Odamiylik saboqlari. – Т.: 1997. 



49.

 

 Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. –T.: Yulduzcha, 1990. 



50.

 

 Yaxshiliqov J., Ahadov Sh. Temuriylar ma’naviyati. –T.: Fan, 1999. 



51.

 

 Yo‘ldosheva S. Xalq urf-odatlari va an`analari. – Т.: 2003  



52.

 

 Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T. : “G‘.G‘ulom”, 2009.  



53.

 

 Quronov M. Mafkura, ta’sirchanlik va uslub: ma’ruza matni (“Voizga 



yordam” turkumidan). – T.: Ma’naviyat, 2000.  

54.


 

 Qirg‘izboev  A,  Sindarova  F,  Jo‘raeva  N.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Islom  Karimovning  “Yuksak  ma'naviyat  –  yengilmas  kuch” 

nomli  asarini  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta'limi  tizimida  o‘rganish  bo‘yicha 

dastur  va  uslubiy  qo‘llanma.  Qayta  to‘ldirilgan  nashri. 

–  T.:  “VORIS-

NASHRIYOT” 2010. 

 

Internet saytlari 

1.

 

www.gov.uz.  



2.

 

www.metod.uz



 

3.

 



www.ziyo-net.uz

 

4.



 

www.press-service.uz. 

5.

 

www.bilim.uz. 



6.

 

www.filosofiya.ru. 



7.

 

www.history.ru. 



 

 

 



 

 


363 

 

 

Falsafiy fanlar 

  

(Estetika. Dinshunoslik. Shaхs va jamiyat) 

 

 

Estetika 



 

 

Tuzuvchilar: 



 

Abdulla Sher – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zMU  

                          Dotsenti 

  

U.S.Xo‘janiyozov –   pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 



 

Taqrizchilar: 

 

Umarov E. – falsafa fanlari doktori, prof. 

Qurbonmamadov A. – falsafa fanlari doktori, prof. 

Mahmudov M. – filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 

Xusanov B. – falsafa fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi 

 

  

Dasturni optimallashtirishda ishtirok etgan ishchi guruhi a’zolari: 



 

Sh. Sharofiddinov –   Axborot  metodik  ta`minlash  xizmati  yetakchi 

metodisti 

F.Sindarova – 

Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji o`qituvchisi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



364 

 

 

Kirish  

“Estetika”  fanining  asosiy  vazifasi  sharq  xalqlari  estetikasi  va  O‘rta 

Osiyoda  estetik  tarbiya  tarixi  va  o‘ziga  hosligini  farqlay  bilishdir. 

Mustaqillik ma’naviyatini, estetik madaniyat mohiyatini o‘quvchilar ongiga 

singdirish, estetik ong, estetik faoliyatini tarkib topdirish haqidagi bilimlarga 

ega bo‘lish kerakligi haqida tushuncha berib borish. 

Mamlakatimizning  rivojlanishi,  dunyo  miqyosida  davlatlararo  hurmat-

E’tiborga  sazovor  bo‘lishi,  kelajak  avlodni  yanada  yuksak  ma’naviyatli, 

zamonaviy,  intellektual  bilimli,  ilmiy  salohiyatga  ega,  har  tomonlama  etuk 

jamiyatga  munosib hissasini qo‘sha oladigan shaxs sifatida shakllantirishni 

talab qiladi.  

O‘zbekistonda  mustaqillikka  erishilgan  dastlabki  kundan  boshlab  fan, 

ta’lim va tarbiya  mazmuniga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida 

erishilgan yutuqlar yoshlarda milliy ma’naviy meros va qadriyatlarni estetik 

idrok  qilish,  ularda  voqealarning  hodisa  sifatida  namoyon  bo‘lishi  emas, 

balki estetik mohiyatini chuqur anglash malakalarini shakllantirishni taqozo 

etmoqda.  Ayni  paytda  bu  jarayon  estetika  fanining  metodologik  asoslari 

hamda  ilmiy  mazmunini  milliy  va  umuminsoniy  tamoyillar  bilan 

mushtarakligini  ta’minlashni  talab  etadi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Tariximizga kirib kelayotgan bu 

buyuk  marra  munosabati  bilan  o‘tgan  davr  mobaynida  hayotimiz  sifati, 

mamlakatimiz  qiyofasi  qanday  o‘zgarib  borayotgani,  qanday  yutuq  va 

natijalarga  erishganimiz,  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga 

asoslangan  ochiq  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish 

yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji 

tug‘ilmoqda.”

1

 



Mazkur dastur estetik tafakkurning ijtimoiy siyosiy asoslari har qanday 

jamiyat  xalqining  ijtimoiy  ongini  o‘zgartirishga,  uning  pirovard 

maqsadlariga  xizmat  qilishga  qaratilgan.  SHu  bois,  unda  san’at,  adabiyot, 

ekologiya,  texnika  va  dizaynning  estetik  mazmunini  yoritish,  atrof-muhit 

estetikasi,  sog‘lom  turmush  tarzi  estetikasi  kabi  yangi  yo‘nalishlarning 

ilmiy-nazariy  asoslari  ko‘rsatib  berilgan.  CHunki  bugungi  kundagi 

globallashuv  davrida  yoshlar  tafakkurini  turli  g‘ayriestetik  g‘oyalar 

ta’siridan  himoya  qilish,  ayniqsa  elektron  vositalar  orqali  kirib  kelayotgan 

turli  ko‘rinishdagi  omillarning  estetik  mazmunini  to‘laqonli  anglash  davr 

talabiga  aylangan.  Ana  shu  talabga  mos  ta’lim  tizimini  yaratish,  ta’lim 

oluvchilarda  estetik  dunyoqarashni  yuksaltirish,  badiiy  tafakkur,  estetik 

ma’naviyat, mediamadaniyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish muhim vazifa 

                                                           

1

 Karimov I. A. Mamlakatimizda dеmokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 



rivojlantirish kontsеptsiyasi. –

 T.: O`zbеkiston, 2010. 



Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling