O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi O‘zbekiston sharqning eng rivojlangan mam lakati – Yaponiya bilan ham ham- korlik qilmoqda. Yaponiya 1991-yil dayoq O‘z be kis ton mustaqilligini tan oldi, 1992-yilda o‘zaro dip lo matik alo qa lar o‘rnatildi. 1994-yil 16–19-may kunlari O‘z bekis ton Prezi- denti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Safar paytida «O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rta- sida munosabatlarning asosiy prin sip lari haqida qo‘shma Bayonot», tashqi ishlar bo‘yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O‘zbe- kiston delegatsiyasi mashhur «Pana sonic» konsernida bo‘ldi va uning rah bari yati bilan O‘zbekistonda filial ochishga kelishildi. Res pub- lika miz shahar larida «Panasonic» mahsulotlarini sotish yo‘lga qo‘yil- di. Yaponiya O‘zbe kis tonga 100 mln AQSH dollari hajmida be g‘araz yor dam berdi. O‘zbekistonda Yaponiyaning mashhur «Mitsui», «Mitsu bishi»,
«Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» kor po ra tsiya- larining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular bilan O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risi- 456 da bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o‘nlab firma va kom- pa niya lar Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan neft-gaz konini o‘zlashtirish da, Bu xo ro da neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mir- lashda o‘z sar moyalari bilan qatnashdi. O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’ti- bor berayotganligi sababli 1999-yil aprel, 2001-yil may oylari- da Yapo niya ning «Keydzay Doyukay» korporativ rahbarlar uyush- masining Prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegat- siya O‘zbekis ton ga tashrif buyurdi. «Keydzay Doyukay» uyush- masi ta shab busi bilan Yaponiya O‘zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda. Yaponiya hukumatining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doi ra sida O‘zbekistonda telekommunikatsiya, transport infra tuzil- ma si va ta’lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 560 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro ham korlik banki esa yoqilg‘i-energetika va to‘qimachilik sohala- ri uchun O‘zbekistonga 720 mln AQSH dollari miqdorida kredit berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002-yil 28–31-iyul kun- lari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Yaponiya Bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va Im pe rator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Tashrif natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida: • do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot; • iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi islohot- larni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Qo‘shma Bayonot; • ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O‘zbekis- ton Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining «Mitsubishi», «Mitsui», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalari bilan hamkorligi, O‘zbe- kis ton Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan «Bank of Tokio-Mitsu- bishi» o‘rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat im zolandi. Safar natijasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi ham kor - lik yangi, strategik bosqichga ko‘tarildi. 1995–2010-yillarda Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyoti- ga kirit gan kredit lari miqdori 2,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda. 457 O‘zbekistonda 10 dan ortiq O‘zbekiston–Yaponiya qo‘shma kor- xo na lari barpo etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. 2000–2010-yillarda Yaponiya granti asosida 206 nafar o‘zbekistonlik yoshlar Yapo niya da ta’lim olib, magistr darajasiga ega bo‘ldilar. O‘zbekiston Tinch okean havzasi mamlakatlari – Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalar o‘rnatdi. Bu borada O‘zbekis- ton Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992-yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga ega. Safar kunlarida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida iqtisodiy va texni kaviy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha qo‘shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. 1995-yil 8–10-aprel kunlari Indoneziya Respublikasi Preziden- ti Suxarto rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov va Indoneziya Prezi- den ti Suxarto «O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respub-
si da gi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig‘ida samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘ yish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi. O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam So tsialistik Respublikasi, Kambodja, Tayland, Avstraliya va boshqa mam lakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, iq ti- so diy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda. 5. O‘zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi O‘zbekiston va AQSH aloqalari O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtat lari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mus ta qil likning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yil di. 1992-yil 15–16-fevral kunlari AQSH Davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14-sentabrda AQSH Davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‘yi cha elchisi
458 Strob Talbot O‘zbekistonda bo‘ldi va O‘zbekiston Prezidenti bi lan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH Mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbe kis ton ning NATO «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o‘quv-mashq markazida tinchlikni ta’min- lash maqsadida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston qurolli kuchlari bo‘linmasi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent– Nyu-York o‘rta si da bevosita havo yo‘li ochildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996-yil 23–28-iyun kun lari da AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlari- ni yangi pog‘onaga ko‘tardi. I. Karimov AQSH Prezidenti B. Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur- lash tirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. I. Karimov bilan B. Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. 1996-yil 25-iyun kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixo- nasi ochildi.
2001-yil 11-sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodir et gan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib, AQSH hu kumatining xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolit- 459 siya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib chiqdi. 2002-yil 11-14- mart kunlari O‘z bekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezi dent Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tas- hrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J. Bush va martaba- li hukumat va kil lari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli meh- mon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyo- dagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va har- biy-texnikaviy, iq ti so diy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Tashrif yakunida «O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro she- riklik va hamkorlik asos lari to‘g‘risida deklaratsiya», ilmiy-texni- kaviy tadqiqot lar, yadroviy ma teriallar va texnologiyalar tarqalishi- ning oldini olish da hamkorlik, moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator hujjatlar im zolan di. AQSHni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Preziden- timiz Islom Kariniov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miq yosdagi lider» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Ame ri ka xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining tim sol i dir. O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining ja hon ham ja miya tiga integrat si ya la shu vi da Yev - ro pa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘za ro
man faatli aloqalarni yo‘lga qo‘ yish va
to bo ra chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. 1996-yil 21-iyun da Flo- rensiya shahrida imzolangan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘r- ta sidagi «Sheriklik va ham kor lik to‘g‘risidagi bitim», uning 1999-yil 1-iyulda kuchga kirishi mam lakatimizning Yevropa Ittifoqi mam- lakatlari bilan o‘zaro muno sa bat larining huquqiy negi ziga aylandi.
460 O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro man faatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov ning Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. I. Karimov GFR Federal Prezidenti Rixard fon Vayzenker va Fideral kansler Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik aso- sida suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘ri- sida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilish- ga ko‘mak lashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fon- dini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. «Deutsche Bank», «Mersedes-Benz» va «Simens» kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olin- di. Safar natijalariga ko‘ra, O‘zbek–Germaniya hamkorligi masa- la lari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixo- nasi ochildi. 1994-yil 1-sentabrda GFRning o‘sha paytdagi poytaxti Bon nda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixo- nasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytax- ti Ber lin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent–Frankfurt» havo yo‘li ochildi, O‘zbekistonda «Deutsche Bank»ning bo‘limi fao li yat ko‘r satmoqda. Germaniyaning «Heidelberg» firmasi O‘zbekistonda nashriyot- mat baa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Heidel- berg» firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fab rika si, Tosh- kent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nash riyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi «Rastr» va «Gro teks» matbaa korxonalari «Heidelberg» firmasi texnologiyasi asosida ish- la moq da. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va bosh qa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yax shi- lan di. 2001-yilda O‘zbekiston–Germaniya–Rossiya hamkorligi dagi «Naman gan qog‘oz» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushi rildi. O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 2001-yil 2–5-aprel kun- lari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kans- leri Gerxard Shrederning 2002-yil 9–10-may kunlari O‘zbekis ton- ga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mam lakat tad- birkorlari va rasmiy doiralari o‘rtasida aloqa lar kengayib bormoqda. 461 1997-yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniya si ning vakola- txonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yil da bu ko‘rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va bosh- qalardir. 2003-yilda germa ni yalik sar mo yadorlar ishtirokida yen- gil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘ ja ligi mahsulotlarini qay- ta ishlash, farmatsevtika sanoati, tran sport va boshqa sohalarda tas- hkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘r sat di, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbe kistonga kiritlayotgan Ger- maniya sarmoyalari hajmi 2001-yil da yoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi sav do aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Samarqanda 2009-yilda «MAN Avto-Uzbekiston» O‘zbe kis ton– Germaniya qo‘shma korxonasi barpo etildi. Zavodda 15–50 ton na- lik yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy MAN avto mo bil- lari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 2010-yilda korxonada 480 dona yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkish 658, 2012-yilda mingan ortiqni tashkil qildi. Germaniya Federativ Respub likasi O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy ham- koridir.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993-yil 28–30-oktabr kun- lari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fran- siya Prezidenti F. Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F. Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab: «Hozirgi siyosiy vazi yatda Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egal lab turgan mustaqil O‘zbekiston Sharq bilan G‘apb o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi mumkin. Ko‘p asrlik tarix, teran an’ana larga ega bo‘lgan, inso niyat- ning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O‘zbe kis ton doi- mo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shu- ni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yana- da ya qin bo‘lib qoldi», – deb ta’kidla gandi. Bu Vatanimiz to‘g‘ri- sida, uning shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona, olijanoblik bilan berilgan baho dir. Safar natijasida Parijda «O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shart noma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida ham- korlik qilish to‘g‘ risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘bat lan ti rish va himoyalash to‘g‘ risida bitim imzolandi.
462 Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respubli- ka mizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbe kis- ton ning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yana - da yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbe kiston Mil liy banki bilan Fransiyadagi yirik «Credit Commercial de Fran- ce» ban ki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxo- roda neft ni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’min- lash ko‘zda tutildi. Taniqli «Elf-akiten» neft-kimyo konserni, «Tex-
ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rta sida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan «Credit Commercial
O‘zbe kis ton bu bankka mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. 1994-yil 25–27-aprel kunlari Fransiya Prezidenti F. Mitteran- ning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risi- da, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqi dagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkor- lik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar imzolandi. O‘zbekiston bilan Fran- siya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan
noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq res pub li- kamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shi- moliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rta- sidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahba- rining qirolicha Yelizaveta II, Bosh vazir J.Meyjor bilan sami miy, ochiq o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar samarali bo‘ldi. «O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Brita niya qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma», sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim, havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududi da
fuqa rolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. «Tosh- kent–London» havo yo‘lida samolyot qatnovining yo‘lga qo‘yi lishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1996-yil ning bosh larida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish bosh- 463 lashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘lida xizmat qil- moqda. O‘zbekistonning Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya, Ita- liya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xor- vatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan si yo siy, diploma- tik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida «O‘zbekis ton» Savdo uyining
gina bo‘lib qolmay, O‘zbekis tonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat – Shvey tsa riya dagi vakolat-
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkor- ligini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston Oliy Majlisi bilan Yevroparlament o‘rtasida ham aloqalar o‘rnatildi. Bu aloqalar O‘zbekiston Parlamenti bilan Yevro- pa rlament o‘rtasida 1998-yilda tuzilgan hamkorlik qo‘mitasi daraja- sida kengayib bormoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. 2003-yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etil- gan 2087 ta qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan she- riklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular 386,7 mlrd so‘m hajmi- da iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aho- liga xi zmat ko‘rsatdi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonga kiritil- gan Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling