Ì Ê
Suv ombor
Daryo
Ì Ê
Ì Ê
Ì Ê
Ì Ê
7.1-rasm. Suv omborlarining joylashuv sxemalari
Suv omborlarida uch xil suv sathlarini bir-biridan farqlaydilar
(7.2-rasm):
1.Normal dimlangan sath (NDS). Bu sath belgisi tug’onning
me‘yorlar darajasida ishlashining chegaraviy talablari asosida
tayinlanadi.
2.Jadal dimlangan sath (JDS) – sel toshqin paytlarida qisqa
muddat ushlab turilishi ruxsat etilgan chegaraviy sath.
3.Oqimni boshqarishda foydalanilmaydigan (o’lik) hajm
sathi (FS).
NDS va FS oralig’idagi suv hajmi suv omborining foydali hajmi
deb ataladi. FS dan quyidagi hajm suv oqimini rostlashda bevosita
ishlatilmaydigan o’lik hajmdir. Bu hajm suv omboridan
foydalanishning umumiy muddati davomida cho’kindilarning
yig’ilishini inobatga olib tayinlanadi. Ba‘zan o’lik hajm
gidroelektrostantsiyalar turbinalarining ishini ta‘minlash shartlari
asosida ham qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari o’lik hajmdagi
suv havzadagi o’simlik dunyosi va suv mavjudotlarining (masalan,
baliqlarning) faoliyat ko’rsatishi uchun ham kerakdir.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |