Yer osti suvlari. Yer osti suvlari yer qobig’idagi suv
o’tkazmaydigan birinchi qatlam ustida yig’iladigan sizot suvlari va
keyingi suv o’tkazmaydigan qatlamlar orasidagi bosimli artezian
suvlariga bo’linadi. Orol dengizi havzasidagi yer osti suvlarining
qayta tiklanuvchi resurslari kelib chiqishiga ko’ra ikki guruhga
bo’linadi: a) suv yig’iladigan hududlarda (asosan tog’larda)
shakllanadigan; b) sug’oriladigan hududlarda suvning gruntga
shimilishi hisobiga shakllanadigan. Havza bo’yicha yer osti
suvlarining jami 339 ta manbasi qidirib topilgan va foydalanish
uchun tasdiqlangan. Ularning umumiy mintaqaviy zahirasi 31,17 km
3
deb baholangan, shundan 12,7 km
3
Amudaryo havzasiga, 16,4 km
3
Sirdaryo havzasiga to’g’ri keladi.
Yer osti suvlari zahiralarining ma‘lum qismi yer usti suvlari bilan
kuchli bog’langan. Bu bog’liqlik yer osti suvlari haddan tashqari
olina boshlansa, yer usti suvlarining kamayishi orqali namoyon
bo’ladi. Yuqoridagi holatni inobatga olib, yer osti suvlaridan
foydalanish uchun ruxsat etilgan hajm 13,1 km
3
miqdorida
tayinlangan.
Yer osti suv havzalarining kattagina qismi transchegaraviydir.
Shu sababli ulardan foydalanish davlatlar o’rtasidagi hamkorlik
shartnomalari va xalqaro litsenziyalash asosida olib borilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |