59
Mexanik jihozlarga zatvorlar, suvdagi turli oqiziqlarni ushlab
qoluvchi panjaralar, to’sinlar, zatvorlarni ko’tarib-tushiruvchi
qurilmalar, nasos stantsiyalari va yirik gidrouzellardagi statsionar
kranlar va boshqalar kiradi.
Yuqorida nomlari keltirilgan mexanik jihozlarning hammasi bir
vaqtning o’zida bitta inshootda bo’lmasligi mumkin. Zatvorlar ko’p
hollarda mexanik jihozlarning qo’llanilish shart bo’lgan turlaridan
biri hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlarida har xil vazifani bajaruvchi metall
konstruktsiyalar ishlatiladi. Xizmat ko’prikchalari, kran osti to’sinlari,
kran relslari, xizmat xonalari va gidroagregatlardagi to’shama va
yopmalar, zinapoyalar shunday konstruktsiyalar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: