Massajning muskul tizimiga ta`siri
Muskullar odam tanasini harakatga keltiribgina qolmasdan,
balki, boshqa hayotiy faoliyatlarimiz uchun ham muhim ahamiyatga
ega. Silliq muskullar ichki a`zolar va qon tomirlarining devorini
hosil qiladi, yurak muskul hujayralari qo`zg`aluvchanlik xususiyati-
ga ega bo`lib, uning faoliyatini ta`minlaydi.
Massaj ta`sirida muskullar mustahkamlanadi, ularning tonusi
va elastikligi ortadi, qisqarish funksiyasi yaxshilanadi, quvvati
ko`payadi, ish qobiliyati ortadi, muskullarga arterial qon ko`proq
kela boshlaydi, muskullardagi toliqish yo`qoladi, tiklanish jarayoni
tezlashadi.
Toliqqan muskullarning faoliyati besh daqiqalik massajdan
so`ng 3-7 marta ortadi. Muskullar faoliyatining bunday ortishi
jismoniy mehnatda qatnashmagan muskullarni massaj qilganda ham
kuzatiladi. Shuning uchun ayrim muskul guruhlari toliqqan vaqtda
mehnatda ishtirok etmagan muskullarni massaj qilish maqsadga
muvofiqdir. Massaj ta`siri natijasida muskul atrofiyasi sekinlashadi.
Massaj muskullarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jara-
yoniga ham sezilarli ta`sir ko`rsatadi, muskul to`qimasi hujayralari-
ning kislorod bilan ta`minlanishi, plastik (tuzilish) va energetik
jarayonlar yaxshilanadi. Bu esa muskullarning funksional imko-
niyatlarini, ya`ni kuchi va chidamliligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |