30
XULOSA
Mening bitiruv malakaviy ishimning mavzusi “Natriy gidroksid olishning
elektrokimyoviy usullari bilan olish texnologiyasini ishlab chiqish.”
Mening bitiruv malakaviy ishimda rejada kо„zda tutilgan barcha bо„limlar о„z
aksini topgan bо„lib, asosan hozirgi muammolarni о„z ichiga olgan.
Bitiruv malakaviy ishni loyihalashda quyidagi natijalarga erishildi;
-
umumiy qismda xom ashyo tavsifi, ishlab chiqarish sanoat usullari;
-
texnologik qismda ishlab chiqarish jarayonining tavsifi, qо„llaniladigan
qurilmalar va asosiy qurilma ajratib olinib, uning texnologik hisoblari, moddiy
balansi, issiqlik balansi, mexanik hisoblari bajarildi;
-
texnologik jarayonga ta‟luqli atrof-muhit muhofazasi, mehnat muhofazasi
bajarildi;
-
jarayoning texnik - iqtisodiy kо„rsatkichlari hisoblari bajarildi;
Bitiruv malakaviy ishimni tayyorlashda internet ma‟lumotlaridan foydalandim.
Bu ishlab chiqilgan bitiruv malakaviy ishi ishqorlar olishning elektrolitik
usuliga bag„ishlangan. Xlor ishlab chiqarish sanoati hajm bо„yicha kо„p ming tonnali
elektrokimyoviy ishlab chiqarishda yetakchi о„rinlardan birini egallaydi.
Keltirilgan adabiyotlar tahlili elektrolizyorlarning tavsiflari va asosiy texnologik
jihozni hisoblash bu ishning maqsadiga muvofiq ekanligini isbotladi. Asosiy
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish texnologik rejimning mо„tadil bir meyorda
sodir bо„lishiga imkon beradi va asosiy agregatlarning unumdorligini oshiradi.
Texnika havfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va boshqa bо„limlar kimyoviy ishlab
chiqarish obyektlarida talab etiladigan meyoriy hujjatlariga mos keladi.
Biz bо„lg„usi muhandis-texnologlar oldida hukumatimiz ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga
о„tish bо„yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshishini tezlashtirish
vazifalarini qо„ygan. Bu esa mamlakatimizning ham tashqi ham ichki bozorida barqaror
mavqeyiga ega bо„lishini ta‟minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: