O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
1. mijoz V mijozga pul o‗tkazmoqchi bo‗lsin; 
 
2. Tranzaksiyalar tarmoqqa uzatiladi va blokka to‗planadi, har bir blok 
oldingi blokning raqami va blokiga ega; 
3. Bloklar tizimning barcha ishtirokchilariga tekshirilish uchun yuboriladi; 
4. Xato bo‗lmasa, har bir ishtirokchi blokni ma‘lumotlar bazasining o‗z 
nusxasiga yozib oladi; 
5. Blok barcha oldingi tranzaksiyalar to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗lgan 
bloklar zanjiriga qo‗shiladi; 
6.  Pullar mijozdan mijozga o‗tkazildi. 


23 
1.3.5-rasm. Blokcheyn ishlashi sxemasi 
Ushbu tizim qanday ishlashini ko‗rib chiqamiz. Bu bloklarning ketma-
ketligi (1-2-3-4-5-6) yopiq doira emas, zanjirdir. Bloklarning har biri muayyan 
ma‘lumotlar massividan iborat. Barcha bloklar o‗zaro bog‗liqdir. YA‘ni yangi 
massiv eski massiv yopilgandan keyingina yaratilishi mumkin.
Bloklarning shakllantirilishi va yopilishi 
 
1.3.5-rasmda ko‗rinib turgandek, zanjirning har biri bloki ma‘lum bir kalitga 
ega. Toki kalit shifrsizlantirilmasa, blok yopilmaydi. 
 
4.3.6-rasm. 
Blok kalitini shifrsizlantirish bilan maynerlar shug‗ullanadi. Matematik 
algoritmlarni kompyuterda echishda tuzilgan kriptovalyutalar chiqarish mayning 
deb ataladi. Bu bilan shug‗ullanganlar esa maynerlar deb ataladi. 
Kriptovalyutalarni topish bilan shug‗ullangan maynerlar buni videokartalar 
va protsessorlar quvvatlari yordamida amalga oshiradilar. Ular esa, o‗z navbatida, 
hisoblash amaliyotlarini bajarib, ularning asosiy maqsadi – blokka xesh 
ko‗rinishida kriptografik imzo izlashdir. U tanlangan zahoti blok yopiladi. Mayner 
esa buning evaziga kriptovalyuta ko‗rinishida mukofot oladi.
Mayning – bu Bitkoin tarmog‗ida zarur va muhim jarayon bo‗lib, uning 
natijasida quyidagi vazifalar hal bo‗ladi: 
1. Blokcheynga tranzaksiyalarning yangi blokini yozib olish. 
2. Bitkoinning yangi tangalarini chiqarish (emissiya). 











24 
3. Tranzaksiyalarni qayta ishlashlari va yangi blokni shakllantirishlari uchun 
tarmoq ishtirokchi (mayner) larini tarmoqda mukofotlash. 
4. Buzish urinishlarini va pul tarmog‗i nazoratini iqtisodiy jihatdan maqsadga 
nomuvofiq qiladigan “51% li hujum” dan himoya qilish. 
5. Blokcheynning tarmoqdagi ko„p sonli nusxalarini qo„llab-quvvatlash. Bu 
maynerlarga yangi tranzaksiyalarni nazorat qilish uchun blokcheynning to‗liq 
dolzarb (so‗nggi) versiyasiga ega bo‗lmoq lozimligi tufayli sodir bo‗ladi. 
Blokcheyn faoliyati va uning xavfsizligi maynerlar va blokcheynning 
boshqa 
ishtirokchilari 
tomonidan 
ta‘minlanadi. Zanjir ishini qo‗llab-
quvvatlaydigan barcha ishtirokchilar o‗zaro tengdir. Bu erda server yoki biron bir 
jarayonli markaz bo‗lmaydi. Blokcheynning har bir foydalanuvchisi xavfsizlik 
kafili bo‗ladi. Blokcheyn shunday tuzilganki, amaliyotlarni bloklash mumkin 
emas.
Tarmoqni markazsizlantirish turli mamlakat va yurisdiksiyalarni ifodalagan 
sub‘ektlar o‗rtasida vositachi yoki regulyatorlarsiz o‗zaro kelishuvga ko‗ra 
ma‘lumotlarni uzatishga imkon beradi.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling