O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
USK-2E quritgichida dorivor o„simlik xom ashyolariga birlamchi
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
USK-2E quritgichida dorivor o„simlik xom ashyolariga birlamchi
ishlov berish texnologiyasi Quyosh va an‘anaviy energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda foydalanishga asoslangan quritish qurilmalari universal quyosh yoqilg„ilik qurilmalari nomini olgan. Ular quyosh va sun‘iy quritish uslublarining ustunlik tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‗chirishga oson, arzon va energiya sarfi kamroq bo‗lgan quritgichlar yaratish imkonini berdi. Ular kichik va o‗rta dorivor o‗simlik xom-ashyolariga birlamchi ishlov berib, qayta ishlash korxonalariga mo‗ljallangan. Universal quritish qurilmasida asosan o‗simlik xom ashyosini qayta-ishlash va quritish texnologiyasi ko‗zda tutiladi. Dorivor o‗simlik xom ashyosiga(yashil massasi) quritishdan oldin (ulardagi fiziologik-bioximik jarayonlarni to‗xtatish va sifatini saqlash maqsadida) dastlabki 43 ishlov berish lozim. Bunda, o‗simlik xom ashyosiga infra qizil nurlar yordamida dastlabki ishlov beriladi. Bu jarayonda oqsil molekulalari hamda ferment tizimlari denaturatsiyaga uchraydi. Bu hol dorivor o‗simlik xom ashyosi to‗qimalarida o‗tayotgan turli-xil fiziologik-biologik jarayonlarni tez to‗xtalishiga olib keladi va biologik faol moddalarning parchalanishining oldi olinadi. Bu bilan yuqori sifatli quritilgan mahsulot olishga erishish mumkin. Qayta ishlanadigan o‗simlik xom ashyosiga quritgichning elektron boshqarish bloki yordamida optimal quritish rejimini berish lozim. Buning uchun uning termorostlagich boshqarish bloki kengaytirilgan rostlash diapozoniga ega bo‗lishi kerak. Quritishga kesib maydalanib tayyorlangan xom ashyo universal quritgichlarda quritilganda undagi quritish jarayoni o‗zgaruvchan quyidagi haroartda 50-60 0 S dan oshirilmaydi. Bu vaziyatda xom ashyo o‗zining birlamchi yashil rangini saqlab, undagi biologik fa‘ol moddalarning minimal yo‗qotilishi kuzatilishi mumkin. Kuritishning bu usulida atrof muhitga hech qanday zarar etkazilmaydi, ekologik toza mahsulot ishlab chiqariladi va yuqori iqtisodiy samaraga erishiladi. 44 USK-2E Quyosh yoqilg‗ilik qurilmasi quyidagicha ishlaydi. YUklash eshigi vositasida quritish materiali (dorivor o‗simlik xom ashyosi) quritish o‗rindiqlariga (padnislariga) joylashtirilib qo‗yiladi. Qurilmada (USK-2E) yuqori havoning bir qismini atmosferaga, qolgan qismi esa kamera devori va plyon bilan hosil qilingan retserkulyasiya konturiga uzatiladi. U erda havoning qoraytirilgan devor va devor yuzasidan yurgandagi konvektiv issiqlik almashinuv hisobiga ko‗tarilladi. Havo kamera devori va plyonka orasida harakatlanib turbulent oqim hosil bo‗ladi. Bu 45 esa issiqlik almashinish jarayonining tezkorligini oshiradi. Bunday qurilmalar an‘anaviy energiya manbalarining 40 % gacha miqdorini tejash imkonini beradi. SHundan so‗ng USK-2E quritgich moslamasining kamera eshiklari yopilib markazdan qochma ventilyator va kalorifer ishga tushurilib issiq havo oqimi kameraga o‗zatiladi. Jarayonning qanday kechayotgani to‗g‗risida aniq tasavvur va ma‘lumotlarga ega bo‗lish uchun har bir soatda xom-ashyo mahsuloti joylashtirilgan to‗rtta patnisning har biri tarozi vositasida o‗lchab boriladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling