O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
-rasm. Sun‟iy quritish moslamalari
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
21-rasm. Sun‟iy quritish moslamalari Nazorat savollari 1. Dorivor o‗simlik xom-ashyolarini quritish usullari?. 2. Sun‘iy quritish usullari?. 3. Sun‘iy quritish kamchiliklari? 4. Sun‘iy quyosh-yoqilg‗ilik quritish qurilmalari?. 7 -MAVZU. DORIVOR O„SIMLIKLARNING ER USTKI QISMLARINI QURITISH USULLARI Reja 1. Quritishning umumiy tartib qoidalari 2. Barg quritish usuli 3. O‗simlikning er ustki qismi (o‗t) quritish usuli 4. Kurtaklar quritish usuli 5. Po‗stloqlar quritish usuli 6. Gullar quritish usuli Tayanch iboralar: Barg,o‗simlikning er ustki qismi (o‗ti), Kurtaklar, Po‗stloqlar, Gullar va boshqalar • Quritishning umumiy tartib qoidalari quyidagilardan iborat: 1. Tarkibida efir moylari mavjud xom-ashyo 30-35 (40) 0 S haroratda quritiladi. 10-15 sm qalinlikda efir moylarini uchib ketishiga yo‗l qo‗ymagan holda. 2. Tarkibida glikozidlar mavjud xom-ashyo 50-60 0 S haroratda. Ushbu holda fermentlar glikozidlarni tarkibini buzishga ulgurmaydi. 3. Tarkibida alkoloidlar mavjud xom-ashyo 50 0 S gacha haroratda quritiladi. 4. Tarkibida askorbin kislotasi mavjud xom-ashyo 80-90 0 S haroratda quritiladi. Quritishning barcha usullarida (efir moylilaridan tashqari) xom-ashyo qalin yoymasdan joylashtirilib, tez-tez ag‗darilib turiladi, ammo maydalanib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydi Barglar odatda o‗simlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig‗ib olinadi. Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o‗simlikka zarar etkazmasdan yig‗ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa o‗simlik barglari). 46 Ba‘zan o‗t o‗simliklarning bargini tayyorlash uchun er ustki qismi o‗rib olinadi, so‗ngra barglari teriladi yoki er ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi va shoxlari olib tashlanadi. Bunda novda va gullar aralashmasi barglarga qo‗shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o‗simliklar). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling